Axborot kommunikasion vositalar bilan ishlash Reja 1. Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish. 2. Multimediya vositalarini o'kitish jarayonida tadbiq etish. 3. Internet dan foydalanish 4. Elektron pochta xizmatidan foydalanishni o'rganish 1.Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish va ularda ishlashni o'rganish Multimediya vositalari o'qitish jarayonida foydalanish o'qitishning sifatini va samarasini oshirib o'rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimediya vositalari bilan olib borilgan dars o'quvchining darsga bo'lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Multimediya vositalari - kerakli fan, mavzu, darsni o'quvchining o'zi tanlab o'rganish imkonini beradi. O'qituvchining bevosita ishtirokisiz xam o'quvchi o'z ustida ishlash mumkin bo'ladi. Hozirda multimediya degan so'z kundalik faoliyatimizda juda ko'p ishlatilmokda. Ta'limda multimediya texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, Multimediya nima o'zi? degan savolga javob beraylik. Кo'pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediyaga shunday ta'rif berish mumkin: Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an'anaviy va original turlari asosida o'quv materiallarini tinglovchilarga etkazib berishning mujassamlashgan xoldagi ko'rinishidir. Multimediya hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi: - an'anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya ko'rinishidagi axborot turlari); - video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessorning xarakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o'tkazish qobiliyati, tezkor va video-xotira, katta siimli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo'yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; - inson-kompyuter- inson interaktiv muloqotining yangi darajasining ta'minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishdir. Ta'lim jarayonida multimediya vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida tinglovchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo'lga qo'yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o'qitishning bu usulini ta'lim sohasining yo'nalishlari buyicha tadbiq qilmoqda. Hozirda sotilayotgan har bir kompyuterni multimediya vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Кasbiy ta'limda multimediya vositalarining afzalliklari va muammolari Ta'lim sohasiga 70-yillarda ilk bor kompyuterlarning tatbiq etilishi ancha samarasiz bo'ldi. Bu samarasizlik o'sha paytlarda texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifatini nihoyatda pastligi hamda dasturiy vositalar unchalik ham moslanuvchan emasligi bilan izohlanar edi. Hozirda amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, multimediya vositalari yordamida tingloavchilarni o'qitish ikki barobar samarali bo'lmoqda. Ma'lumki, eshitgan materialning to'rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo'lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o'quv dasturlar audio, video va grafika ko'rinishida mujassamlashtirilgan xolatda tinglovchilarga berilsa, materialarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmokda. 2.Ta'lim sohasida multimediya vositalari yordamida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.18 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.18 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: doc