Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlari

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlari - rasmi

Material tavsifi

AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI O'zbekiston RespublikaSI QONUNLARI Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: Qulay, tezkor, zamonaviy Bugun hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Jamiyatning barcha sohalari, qo'yingki, taraqqiyotning zamonaviy bosqichlarida ushbu tarmoqning roli va ahamiyati tobora ortib borayotgani buning yorqin tasdig'idir. Binobarin, mamlakatimizda Istiqlolning ilk yillaridayoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e'tibor qaratib kelinyapti. Ana shu tarixiy tamoyil asosida ilg'or AKT salohiyati, yutuqlari, innovatsiyalari yurtimiz rivoji, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish, odamlar dunyoqarashini o'zgartirish, mamlakatimiz nufuzini jahonga yoyishga yo'naltirilayotganini barchamiz his qilmoqdamiz. Bu boradagi yaratib berilayotgan munosib shart-sharoitlar, imkoniyatlar sharofati o'laroq, tarixan qisqa vaqt mobaynida Respublikamiz o'zining mustahkam axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, jabhada malakali kadrlar tayyorlash tizimiga ega bo'ldi. Ayni chog'da O'zbekistonning dunyodagi barqaror yuqori o'sish sur'atlari davom etayotgan yetakchi 10ta davlat qatoridan joy olishi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi mustaqillik yillarida 3,4, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib berish ko'rsatkichi 2,1, aholining yalpi daromadi 12,2 barobar ko'payishi kabi tarixiy yutuqlarda mazkur sohaning o'ziga xos ulushi borligini qayd etish lozim. Muvaffaqiyatlar omili Xo'sh, dunyo miqyosida e'tirofga loyiq bunday muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishda nimalar bosh omil vazifasini o'tadi? Mustaqillikning ilk yillaridayoq Prezidentimiz tomonidan uzoqni o'ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o'zbek modeli» hayotga tatbiq etildiki, shuning asnosida AKTni zamon talablari asosida isloh qilish, qayta shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga doir keng qamrovli dastur yaratildi. Jumladan, mulkiy munosabatlar erkinlashtirildi, xizmatlar bozori kuchaytirildi, eng muhimi, tarmoqda Respublikada tarkib topayotgan bozor munosabatlari talablariga mos oqilona boshqaruv tizimi paydo bo'ldi. Pirovardida jabhada yangi chashmalar ko'z ochdi. - Bunda xalqaro tajribani o'rganish ham muhim ahamiyat kasb etdi, - deydi Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamg'armasi direktori Ravshan Asqarov. - Prezidentimiz topshirig'i bilan Istiqlolning birinchi kunlaridayoq sohada yetakchi bo'lgan bir qator davlatlarning ilg'or tajribasi bilan tanishildi. O'rganishlar, izlanishlar va eng asosiysi - soha rivojiga davlat tomonidan ko'rsatilgan ulkan ko'mak aslo besamar ketmadi. Ilg'or texnologiyalar va inson manfaatlari Kompleks chora-tadbirlarning amaliyotga izchil joriy etilishi jamiyatni axborot-kommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlari bilan to'la ta'minlash, uning imkoniyatlaridan har bir xonadon, fuqaro foydalanishiga zamin yaratishda ayni muddao bo'ldi. O'z navbatida, sohani mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi bosh mezonlardan biriga aylantirish yo'lida salmoqli modernizatsiyalash ishlari ro'yobga chiqarildi. Jumladan, Respublikamiz xalqaro elektraloqa ittifoqi, Butunjahon pochta ittifoqi kabi nufuzli tashkilotlarga teng huquqli a'zo bo'lib kirdi. Bu esa davlatimizning dunyo miqyosidagi obro'yini yanada oshirdi. Yo'ldosh aloqa stansiyalarini barpo etish, mobil radio-telefon aloqasini tashkil qilish borasida amalga oshirilgan ishlar soha taraqqiyotini ta'minlash imkonini yaratdi. Aniq maqsadlar bilan qilingan mehnat hademay kutilgan samaralarini ko'rsatdi. Test bo'yicha oliy o'quv yurtlariga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.27 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.27 MB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga