Axborot komplekslarida axborot ta'minoti

Axborot komplekslarida axborot ta'minoti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot komplekslarida axborot ta'minoti - rasmi

Material tavsifi

Axborot komplekslarida axborot ta'minoti Reja: 1.Axborot komplekslarida axborot ta'minoti. 2.Axborot ta'minotining tuzilishi. Axborotlarni raqamli qayta ishlash texnologiyalari. 3.Iqtisodiy sohalarda axborot ta'minotining o'rni va ahamiyati. 4.Axborot komplekslarida axborot jarayonlari. Boshqaruv tizimida axborot ta'minotini tashkil qilish jarayonlari. Axborot komplekslarida axborot ta'minoti. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining axborot ta'minoti obyektlarning faoliyatida foydalaniladigan ma'lumotlar yig'indisidir. Axborot ta'minoti - normativ spravka ma'lumotlardan, texnik iqtisodiy axborot klassifikatorlardan, ma'lumotlar massividan, umumlashtirilgan hujjatlardan iborat. Axborot ta'minotining asosiy vazifasi moddiy obyektlarni boshqarishda samarali karorlar kabul qilish uchun tizimni aniq ma'lumotlar bilan ta'minlashdan iborat. Shu sababli axborot ta'minoti quyidagi shartlarga javob berishi kerak: Funktsional masalalarni yechish uchun aniq va etarli, tulik va asosli ma'lumotlarni o'z vaqtida yetkazib berish. Masalalarning o'zaro aloqadorligini ta'minlash. Ma'lumotlarni saqlash va kidirishni samarali tashkil qilish. Elektron hisoblash mashinasi va undan foydalanuvchilar o'rtasidagi ishlashning tartibini tashkil qilish. Axborot ta'minotini yaratishda turli masalalar xal kilinadi. Ulardan bir kismi ma'lumotlarni EXM yordamida ishlashga tayyorlash bulsa, ikkinchi kismi ma'lumotlarni EXMda saqlash , kidirish va qayta ishlash bilan bog'liqdir. Shu sababli axborot bilan ta'minlashni ikki guruhga ajratish mumkin: Mashinadan tashqaridagi axborot ta'minoti. Mashina ichidagi axborot ta'minoti. Mashina tashqarisidagi axborot ta'minoti quyidagi tizimlarni o'z ichiga oladi. hujjatlar tizimi. Ma'lumotlarni ixchamlashtirish tizimi. Ma'lumotlarni ifodalash tizimi. boshqarish funksiyalarini ifodalovchi birlamchi hujjatlarning turli - tumanligi hisobot ishlarini amalga oshirishni murakkablashtiradi. Bir xil bo'lgan ma'lumotlar birlamchi hujjatlarda turlicha aks ettiriladi. Bu esa, o'z navbatida ma'lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga sezilarli ta'sir kursatadi. yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida hujjatlarning yagona umumlashtirilgan tizimlarini hosil qilish zarurati tugiladi. hujjat kabul qilingan andozada tuzilgan va iqtisodiy masalalarni yechishda ishlatiladigan, qog'ozda ma'lum bir qoida asosida birlashtirilgan ma'lumotlar yig'indisidir. Xar qanday hujjat uch kismdan tashkil topgan: Sarlavxa kismi. Asosiy kism. Tasdiklovchi kism. Sarlavxa kismida hujjat uchun doimiy bo'lgan rekvizitlar joylashadi. Masalan: hujjat shakli, hujjatning nomi, tartib rakami, hujjat shaklining shifri, korxona tashkilotning nomi va manzilgoxi, hisob rakami va boshqalar. Asosiy kismda hujjat uchun shartli doimiy va uzgaruvchan bo'lgan rekvizitlar joylashadi. Ular guruhlovchi, normativ, miqdor va qiymatli turlarga ajraladi. Masalan, tovarning nomi, shifri, o'lchov birligi, bahosi, miqdori, qiymati va boshqalar. Tasdiklovchi kismda hujjat uchun yuridik huquq beruvchi ma'lumotlar joylashadi. Masalan: moddiy javobgar shaxsning ismi-sharifi, imzosi, rahbarning ismi - sharifi, imzosi, korxona, tashkilotining muxri. hujjatlarda ifodalangan ma'lumotlarning joylanishiga ko'ra, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: chiziqli; anketali; jadvalli; aralash. chiziqli hujjatlarda rekvizitlar birin-ketin joylashadi. Bunday hujjatlarga: tilxat, ariza, ruxsatnoma, tushuntirish xati va boshqalar kiradi. Anketali hujjatlarda rekvizitlar savol-javob tarikasida joylashadi. Ularga: ovoz berish byulletenlari, talabnomalar, testlar, tovarning xususiyatini o'rganish anketalari va boshqalar kiradi. Jadvalli hujjatlarda rekvizitlar ustun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.19 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.19 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga