Axborot komplekslarida ma'lumotlar bazasini tashkil etish va boshqarish Reja: 1.Ma'lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar. Ma'lumotlar bazasini yaratish modellari. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ma'lumotlar bazasini yaratish tamoyillari. 5.Ma'lumotlar bazasining tarkibi va uni tashkil etish. Ma'lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar. Kompyuterlar asosidagi axborot texnologiyalarining ko'rinishlaridan biri ma'lumotlar ombori hisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli ravishda ma'lumotlar ombori kompyuter xotirasida joylashgan axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ma'lumotlar ombori deb,kompyuterning uzoq muddatli xotirasida saqlanaetgan axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma'lumotlar yig'indisiga aytiladi. Ma'lumotlar omborida turli ma'lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poezd, samolet, avtobuslarning harakatlanish jadvali, dukon eki ombordagi mahsulotlarning mavjudligi haqidagi ma'lumotlar, talaba, o'qituvchi va xodimlar haqidagi ma'lumotlar va boshqalar ma'lumotlar omboriga misol bula oladi. Ma'lumotlar omborini yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish shart emas. Masalan, tabibning kabulxonasidagi bemorlar kartotekasini ma'lumotlar ombori deb hisoblash mumkin (kartotekalar qog'ozdan eki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo'lishi mumkin). Masalan, tabib kompyuterda matn fayllarni yaratishni urganib, bemorlar kartotekalarini bir nechta fayllarda ezib kompyuterli ma'lumotlar omborini hosil qilish mumkin. Albata, bunday ma'lumotlar omboridan foydalanilganda bemorlarni hisobga olish va kerakli hujjatlarni tayerlash (bemorga ma'lumotnoma berish,retsept ezish va x.k.) ancha tez bajariladi . Ma'lumotlar omborini axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig'indisi deb tushunish mumkin. Biror kutubxonadagi barcha kitoblar eki butun duneda chikaetgan jurnallardagi matematik tadqiqotlar haqidagi barcha makolalar ruyxatining jamlanishi ma'lumotlar omboriga misol bo'lishi mumkin. yer yuzida keng foydalananilaetgan mavjud 300 ma'lumotlar omborlaridan ko'p kismini xususiy kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma'lumotlarni saqlash , axborotni qanday yigish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalalarini xal etishgan. Ma'lumotlar omborlari xam ular joylashgan davlatlar kabi turli tumandir. Ba'zi axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi Ausinet tizimi 17 omborga, Amerikaning Dialog tizimi 250 dan ortnk omborga ega. Kupchilik tizimlar o'rtacha ulchamlarga ega. Shveytsariyaning Data-Star tizimi 46, g'arbiy Germaniyaning Inka tizimi 42, Fraitsiyaning Kestel tizimi 45, Buyuk Britaniyaning Pernamon Infolayn tizimi 35 omborga ega. Ma'lumotlar omboridagi axborotlar bir necha usullar bilan tashkil etilishi mumkin. Ma'lumotlar omborlarining eng sodda va keng tarkalgan shakli jadval ko'rinishidir. Ma'lumotlar omborining bunday ko'rinishi relyatsion omborlar deb ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga ega bo'lib,ularning xammasi nomlarga ega bo'ladi. Masalan, guruhdagi o'quvchilar haqidagi ba'zi ma'lumotlarni kuyidagicha tasvirlash mumkin: 2-jadval Kompyuterlardan aksariyat xollarda matnli fayllar (turli xat, referat,she'r va x.k.)ni yaratishda foydalaniladi. Foydalanuvchining tajribasi oshib borgan sari u matnli fayllar o'rnida turli shakldagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli, belgili ma'lumotlarni kiritish orqali jadvalli, kartotekali, videotekali, tashkilotlar manzili, kasallik varakalari, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.07 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.07 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc