Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta'minoti Reja: 1.Axborot komplekslarida texnik va dasturiy ta'minoti tamoyillari. 2.Multimediya vositalari va ularning ahamiyati. 3.Dasturiy ta'minot, on-line operatsion tizimlari va ularni rivojlantirish tendentsiyasi. 4.Dasturiy mahsulotlarni qo'llash sohasi bo'ycha tasniflash. Axborot komplekslarida texnik va dasturiy ta'minoti tamoyillari. Axborotlarni ishlab chiqarish vositalari - har xil quvvatga ega bo'lgan va xilma xil turlardagi elnktron hisoblash mashinalari, hisoblash tarmoqlari, ish stantsiyalari, mini va mikro kompyuterlar hamda turli vazifalarni bajaruvchi serverlar axborot texnologiyalari texnik ta'minotining asosini tashkil qiladi. Bu texnik vositalarning turlari hamda imkoniyatlari jamiyatni avtomatlashtirish darajasi bilan mos holda doimiy ravishda va uzluksiz rivojlanib bormokda. Agarda shaxsiy kompyuterdan kichik mahalliy tarmoqning avtomatlashtirilgan ish joyi sifatida foydalanilsa, ishlash uchun zarur barcha axborotlar markazlashtirilgan holda saqlansa, unda ishlab chikarilayotgan axborotlarning xajmi katta bulmaydi. Bunda ishning tezligi kompyuterning tez ishlashi bilan emas, balki operator va mashina dialogining tezligi bilan belgilanadi. Bundan kelib chikadiki, ushbu xollarda nisbatan kichikrok tezlikka ega bo'lgan va o'rtacha tezkor xotira xajmiga ega bo'lgan EHMni qo'llash mumkin. boshqa xollarda, agar kompyuter katta xajmli hujjatlarni muntazam tayyorlash uchun muljallansa va buning uchun axborotlarning katta massivlaridan foydalanilsa, unda tashqi va ichki xotiraning katta xajmiga ega kudratli mashinalardan foydalanish lozim bo'ladi. Axborot texnologiyalarining texnik ta'minoti tarkibiga kuyidagilarni kiritish mumkin: -Ma'lumotlarni yigish va kayd qilish vositalari; -Ma'lumotlarni uzatish va kabul qilish vositalari: -Datchiklardan ma'lumotlarni kabul qilish vositalari; -Analog-rakamli va rakam-analogli uzgartirgichlar; -Kommutatorlar va multipleksorlar; -tarmoq adapterlari; -Selektor va marshrutizatorlar; -Ish stantsiyalari va abonent punktlari; -Serverlar; -Ma'lumotlarni saqlash vositalari (xotira qurilmalari); -.Mini va mikro EHM hamda mikroprotsessorlar; 12.boshqaruvchi kompyuterlar; -.Pechatlovchi qurilmalar va uskunalar; -.Skanerlar; -Plotterlar; -kuzatuvchi videoqurilmalar; .turli xil audio qurilmalar; .turli xil aloqa vositalari; nusxa oluvchi qurilmalar; -turli xildagi ma'lumot tashuvchilar; .ma'lumotlarni kiritish va chiqarish vositalari; .ups qurilmalari;elektrogeneratorlar (tashqi tok manbai uzilib kolganda); ma'lumotlar xavfspzligini ta'minlovchi qurilmalar; himoya qurilmalari;kerakli bo'lgan dasturlar hamda qurilmalar bilan ta'minlangan shaxsiy kompyuterlar. Ushbu texnik vositalar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: -Ishonchlilik; -Resurslardan foydalanishning samaradorligi; -Texnik kursatgichlar jihatidan bir-biriga mos kelishlik; -Tarkibiylik va modellilik; -xarajatlar bo'yicha samaradorlilik; -Foydalanuvchiga nisbatan dustonalik; hozirgi zamonda eng keng miqyosda ishlatiladigan kompyuterlardan biri xususiy yoki shaxsiy kompyuterlardir. Ularning ko'rinishi kichik va ixcham bo'lishigi qaramay, iqtisodiyot va texnikaning deyarli barcha sohalarida muvaffaqiyatli ravishda qo'llanilib kelmoqda. Lekin ular qachondan boshlab va nima sabablarga ko'ra paydo bo'lgan? Qanday prinsiplarning qabul qilinishi va qaysi texnik yechimlar ularning ommabop bo'lishiga va keng miqyosda qo'llanilishiga sabab bo'lgan? Ushbu muammolarni to'g'ri xal qilish uchun Xususiy kompyuterlarning iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilishi va u foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratib berishi haqida biroz fikrlash ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.58 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.58 MB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc