Reja: Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari iqtisodiy axborotning ta'rifi va o'lchov birliklari iqtisodiy axborotning tuzilishi va turkumlanishi iqtisodiy axborot tashuvchilar iqtisodiy axborotni qayta ishlash jarayonlari Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari «Axborot» so'zi lotincha «informatsion» so'zidan olingan bo'lib, kutilayotgan yoki bo'lib utgan vokea, hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda xar bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir kancha fanlarda turlicha izoxlagan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, obyektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi. Kibernetikada, informatika fanida axborot vokea - hodisa to'g'risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniklikni kamaytirish mezoni sifatida kullaniladi. Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi obyekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy boglangan, lekin xar qanday ma'lumot axborot bulavermaydi. Masalan: olma desak, bir necha xil manoni tushunish mumkin: kizil olma deganda, mevaning malum bir rangi tushuniladi, demak barcha ma'lumotlar axborotga aylanishi uchun vokea - hodisa to'g'risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: Texnik axborot Agrobiologik axborot Siyosiy axborot huquqiy axborot iqtisodiy axborot va boshqalar Axborotning turlari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-birini tuldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular xajmining 80% ni tashkil qiladi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: Uzluksiz hosil bo'lish. Xarf rakamlarda ifodalanish. Diskret xarakterdaligi. Yigish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi. iqtisodiy axborotning ta'rifi va o'lchov birliklari ta'rif. iqtisodiy axborot deb, xalq xo'jaligi tarmoqlarining iqtisodiy va moliyaviy faoliyatlarini ifodalovchi ma'lumotlar to'plamiga aytiladi. iqtisodiy axborotni o'lchashda turli xil birliklardan foydalanish mumkin. Masalan: Axborotlarni yigish, qayta ishlash va saqlash da bit, bayt, Kilobayt, Megabayt o'lchov birliklaridan foydalaniladi. 1 bayt = 8 bit 1 Kbayt = 1024 bayt Kayd qilish jarayoniga ko'ra axborotning o'lchov birligi sifatida belgi, so'z, jumla, abzats va boshqa birliklardan foydalanish mumkin. Axborotni uzatish va kabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi. 1 Bodo 1 simvolga teng. iqtisodiy axbrotning tuzilishi va turkumlanishi iqtisodiy axborot tuzilish nuqtai nazaridan ikkiga bulinadi: 1) fizik tuzilish; 2) mantikiy tuzilish. Fizik tuzilish iqtisodiy axborotni turli xil tashuvchilarida joylashishini ifodalaydi. Mantikiy tuzilish esa axborot bo'laklari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni ifodalaydi. Fizik tuzilishni o'rganish uchun informatika sohasiga tegishli bo'lgan maxsus fanlarni o'rganish talab kilinadi. Shuning uchun xam biz mantikiy tuzilishni o'rganish bilan chegaralanamiz. Mantikiy tuzilishga ko'ra axborot quyidagi bo'laklardan tashkil topadi: Axborot tizimi. Axborot oqimi. Axborot massivi. ko'rsatkich. Rekvizit. iqtisodiy axborotning eng kichik bo'lagi rekvizit hisoblanib, u ikki kismga bulinadi: Rekvizit belgi. Rekvizit asos. Rekvizit belgi axborotning sifat tomonini xarakterlaydi, so'zlar yordamida ifodalanadi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.17 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc