Reja: Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimining mohiyati va unsurlari Birinchidan, satsiologik yo'nalish Ikkinchidan statistik yo'nalish Uchinchidan, siyosiy konfliktologiya va psixologiya To'rtinchidan mantiqiy -tizimiy va funksional tahlil Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, Yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o'gartirishga qodir bo'lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizatsiyasining o'ziga xos yutug'i bo'ib, xalqlar, mamlakalar, davlatlar o'zaro munosabatlarini toboro yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo'jizakor hodisa. Biroq sivilizatsiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug'idan kim qanday maqsadlarda foydalanayapti? Uni biqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli savol ham muammoga aylanmoqda. Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin insoniyat o'zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga o'zining boshini o'zi og'ritadigan, o'z hayotiga o'zi tahdid soladigan, o'z istiqbolini mavxumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda. Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og'zaki aloqa qilgan bo'lsa, undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o'rgandi. Undan besh yuz yil o'tib telifon, radio va televideniyaga ega bo'ldi. A nanaviy eshituv- ko'ruv vositalaridan kompyuterlarga o'tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo'ldi, xolos. Ana shu tarixiy haqiqatning o'zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo'lgan olamshumul o'zgarishlar dinamikasini ko'rsatadi. Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Yer sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog'liq bo'lgan voqelik yuzaga keldi. Butun O'zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol subyektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot almashtirish salohiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda. Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas.Jumladan, jahon axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5%), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko'zga tashlanmoqda. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi. Sifati, mazasi, rangi, tami, yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida. Ana shu hayotiy qonuniyat nuqtai nazaridan qaraganimizda jahon axborot bozorida bizning manfaatlarimizga zid bo'lgan, milliy xususiyatlarimizni, an'analarimizni, turmush tarzimizni mensimaydigan axborotlar xuruj qilmoqda, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.55 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc