Axborot sohasining globallashuvi Reja: 1.Globallashuv va uning dunyo mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta'siri. 2. Globallashuv sharoitida milliy ma'naviyat va milliy o'zlikni saqlash vositalari. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to'la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo'q, deb to'la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo'lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta'siriga ko'proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g'ayri ixtiyoriy ta'sir esa ko'pincha salbiy bo'ladi. Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o'rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini tog'dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo'yish bilan baravar bo'ladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o'tkazgan va o'tkazayotgan tadqiqotlarga ko'z yugurtirish bu sohadagi ishlar endi boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma'naviyatga o'tkazadigan ta'siri haqida yozilgan jiddiyroq risola va yirik tadqiqotlar u yoqda tursin kichikroq maqolalarni topish ham mushkul. Ilmiy nashrlar va jurnallar, davriy matbuotda mazkur mavzu bo'yicha biz topa olgan ishlarning miqdori qo'llarimiz panjasidan ham oz. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma'naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo'lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli ko'mak bera olmayotganini e'tirof etishga to'g'ri keladi. Mamlakatimiz jahon maydonida olib borayotgan siyosat ko'proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo'nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilishimiz, shu orqali siyosatchilarimizning to'g'ri yo'l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratishimiz lozim. Globallashuvga qisqa ta'rif bermoqchi bo'lsak, uni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir va bog'liqlikning kuchayishi deyish mumkin. Globallashuvga berilgan ta'riflar juda ko'p. Lekin uning xususiyatlarini to'laroq qamrab olgani bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta'rif. Unda globallashuv jarayonining uch o'lchovli ekaniga urg'u beriladi: Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; Globallashuv - jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; Globallashuv - milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni. B.Badi ta'rifida keltirilgan globallashuv o'lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e'tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko'ramiz. Globallashuvning mamlakatlar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.43 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc