Axborot: tarixi va rivojlanishi. Fanshunoslik, informatika. Ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonida axborotlarni taqdim etish, saqlash va tarqatish vositalarining rivojlanishi Reja Axborot texnologiyasining shakllanishi. Axborot texnologiyasining yaralish tarixi. Axborot texnologiyalarining usul va vositalari. Jamiyatni axborotlashtirishning yo'nalishlari. Axborot so'zi lotincha informatsion so'zidan olingan bo'lib, kutilayotgan yoki bo'lib utgan voqea, hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni bildiradi. Axborot texnologiyasi tizim sifatida boshqarish subyektida shakllanadi. Shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish subyektining ustkurmasi hisoblanadi. Demak, axborot texnologiyasining shakllanishi uchun quyidagilarning bo'lishi majburiydir: mutaxassislar texnik vositalar axborotlar Shuning uchun xam axborot texnologiyasi boshqarish funksiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig'ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi inson - mashina tizimi deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan. hisoblash texnikasi tarixi. hisoblash texnikasi yillar davomida shakillanib borayotgan sohadir. Jumladan 1623 yili nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan hisoblash mashinasi yaratildi. 1645 yili buyuk fransuz matematigi Blez Paskal uzining hisoblash mashinasini yaratdi. Paskalning mashinasi buyi 30 - 40 sm, eni 15, balandligi 10 sm bo'lgan jez qutichadan iborat edi. Јo'shish, ayirish amallarini bajarar edi. 1673 yil nemis matematigi Gotfrid Leybnits 4, yani Slonimskiy tomonidan 4 arifmetik amalni bajaradigan va ildiz chiqaradigan hisoblash mashinasi yaratildi. 1623 yildan boshlab hisoblash texnikasi asta-sekin rivojlanib, hozirgi kunda murakkab tizimga ega bo'lgan vositaga aylandi. Fan va texnikada qilingan yutuqlar natijasida 1946 yilda birinchi ENIAK nomli EXM yaratildi. AЈShdagi Pensilvaniya universitetida amerikalik olim Dj. Neyman (1903-1957) axborotlarni saqlash imkoniga ega bo'lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasini yaratdi. Bu EXM 18.00 ta elektron lampadan tuzilgan bo'lib, 30 tonna og'irlikka ega va 150 m2 xonani egallagan. 1951 yili Rossiyalik olim Lebedev rahbarligida elektron hisoblash mashinasi yaratilgan. EXM o'zining rivojlanish tarixini 50-yillar boshlaridan boshlab, to hozirgi kunlarga qadar bir necha avlodlarni o'z boshidan o'tkazdi: 1-avlod - elektron lampalar asosida; 2-avlod - yarim o'tkazgichli diod va triod, tranzistorlar asosida; 3-avlod - integral mikrosxemalar; 4-avlod - katta integral sxemalar; 5-avlod - juda katta integral sxemalar. hozirgi kunda kompyuterlardan foydalanish nafaqat hisoblash sohasida, balki boshqa sohalarda xam ulardan foydalanishning yangi shakllarini ishlab chiqishni taqoza etadi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlagan. Masalan: Falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, obyektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisa to'g'risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo'llaniladi. Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi obyekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog'langan, lekin xar qanday ma'lumot axborot bo'lavermaydi. Masalan: ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.33 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.33 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:09 ]
Arxiv ichida: doc