Axborot texnologiyalar ta'minoti. Texnik va dasturiy ta'minot

Axborot texnologiyalar ta'minoti. Texnik va dasturiy ta'minot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot texnologiyalar ta'minoti. Texnik va dasturiy ta'minot - rasmi

Material tavsifi

Axborot texnologiyalar ta'minoti. Texnik ta'minot, dasturiy ta'minot Reja: 1.Zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalari. Kompyuterlar , aloqa va hisoblash qurilmalari, telifakslar,teletayplar. 2. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. Hujjatlarni qayta ishlash, axborotlashtirish texnologiyalari. 3. Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. MB ning tarkibiy qismi, ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan banki. Dasturiy ta'minot yoki SOFTWARE bu -Komputerda ma'lum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Aynan shu dasturiy ta'minotgina Komputer - quruq temir degan atamani yo'qqa chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qo'llaniladigan barcha dasturlar to'plamidir. Ingiliz tilida bu atama SOFTWARE ya'ni soft-yumshoq, ware-mahsulot degan ma'noni bildiradi. Dasturiy ta'monot 3 guruhga bo'linadi : 1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi : Task Manager (Windows OSda mavjut)), 2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma'lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan : Microsoft Office, Adobe CC), 3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlar) Matematik va dasturiy ta'minot - axborot tizimi maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo'yicha matematik usullar, modellar, algoritmlar va dasturlar mosligi bo'lib, texnik vositalar kompleksining normal ishlashini ta'minlaydi. Matematik ta'minot vositalariga boshqaruv jarayonlarini modellashtirish vositalari, boshqaruvning o'ziga xos masalalari, matematik dasturlash usullari, matematik statistika, ommaviy xizmat ko'rsatish nazariyasi va boshqalar kiradi. Dasturiy ta'minot tarkibiga umumtizim va maxsus dasturiy mahsulotlar hamda texnik hujjatlar kiradi. Umumtizim dasturiy ta'minotiga foydalanuvchilarga qaratilgan va axborotga ishlov berishning o'ziga xos masalalarni yechish uchun mo'ljallangan dasturlar to'plami kiradi. Ular kompyuterning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, ma'lumotlarga ishlov berish jarayonini boshqarish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Maxsus dasturiy ta'minot aniq bir axborot tizimini yaratishda ishlab chiqilgan dasturlarning o'zaro mosligini ifodalaydi. Uning tarkibiga real obyekt bajarilishini ifoda etuvchi amaliy dasturlar paketlari kiradi. Dasturiy vositalarning texnik hujjatlari masalalar, nazorat namunalari, masalaning iqtisodiy-matematik modeli, algoritmlash masalalarining bayonlarini o'z ichiga olishi lozim. Texnik ta'minot - bu axborot tizimining bajarilishi uchun talab qilinadigan texnik vositalar va jarayonlardir (hujjatlari bilan birga). -Texnik vositalar o'z ichiga quyidagilarni: -ixtiyoriy rusumli kompyuter; -axborotni qabul qilish, yig'ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun vositalar; -ma'lumotlarni uzatish uchun aloqa tarmoqlari va qurilmalari; -tashkiliy texnika (orgtexnika), sarf materiallari va h.k. Hujjatlar yordamida tanlangan texnik vositani ishga tushurishni tashkillashtirish, axborotga ishlov berish texnologik jarayonlari bayon etiladi. Hujjatlarni uch guruhga bo'lish mumkin: 1. Texnik ta'minotning davlat va tarmoq standartlari. 2. Texnik ta'minotni yaratish bo'yicha usullar majmui. 3. Texnik ta'minot bo'yicha moliyaviy hisobotlarda qo'llaniladigan hujjatlar. Hozirgi kunda texnik ta'minotni yaratish bo'yicha ikkita asosiy tur mavjud: markazlashgan va markazlashmagan texnik ta'minot. Markazlashgan texnik ta'minot axborot tizimlarini katta EHM larda va hisoblash markazlarida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 79 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 79 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga