Axborot texnologiyalari haqida tushuncha, axborotlarning o'lchov birliklari

Axborot texnologiyalari haqida tushuncha, axborotlarning o'lchov birliklari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot texnologiyalari haqida tushuncha, axborotlarning o'lchov birliklari - rasmi

Material tavsifi

Axborot texnologiyalari haqida tushuncha, axborotlarning o'lchov birliklari. Hisoblash texnikasi yaratilishining qisqacha tarixi, avlodlari va xalq xo'jaligidagi roli RYeJA: Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. Ularning tashkil etuvchilari Axborotlarning o'lchov birliklari. Axborot texnologiyalari rivojlanishining qisqacha tavsifi. Jamiyat taraqqiyotida axborotning o'rni. Hisoblash texnikasi avlodlari va sinflari. Hisoblash texnikasining xalq xo'jaligi rivojidagi roli. O'zbekiston Respublikasida hisoblash texnikasini o'rganish va uning rivojiga qo'shgan hissasi. Yangi o'quv fani bo'lgan «Axborot texnologiyalari» fanida axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o'rgatiladi. «Axborot texnologiyasi» fani matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog'liq. «Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so'zi lotincha «thexnos»-san'at, hunar, soha va «logos»-fan degan manoni bildiradi. Yani texnologiya-biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko'rinishini bildiradi. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo'lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: Ichki omillar-bu axborotlarning paydo bo'lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k. Tashqi omillar-bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi. Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (Respublika, qita) da yashovchi o'rtog'ingiz bilan fikr almashmokchisiz deylik. Buni turli yo'llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o'rtog'ingizga o'z fikringizni (o'z navbatida, o'rtog'ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali etkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo'limi orqali (yozma ravishda); 2) telefon tarmoqlari orqali (og'zaki); 3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali. Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo'ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o'zingiz belgilab olasiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag'larni chamalab ko'rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog'liq. Usullardan o'zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo'lmaganda arzonrog'i) va sifati yuqori bo'lgan usulni belgilab olasiz. Axborotni o'lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat son bilan almashtiriladi. Masalan, 3 raqami 11 kabi, 8 raqami 100, A harfi 1100 001 kabi va hokazo. Axborotning eng kichik o'lchov birligi sifatida BIT qabul qilingan (BIT axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi binary digit so'zlaridan olingan va «ikkilik raqami» degan manoni anglatadi). Masalan: 100 101 101 da 9 ta BIT bor, chunki, unda 9 ta 0 va raqamlari ishtirok etmoqda. BIT ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.49 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.49 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga