Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. Axborotlarning o'lchov birliklari Reja: 1. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. 2. Axborotlarning o'lchov birliklari. 3. O'zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va istiqboli (pedagoglarni qayta tayyolash va malakasini oshirish tizimida yangi axborot texnologiyalarining roli). 4. Hisoblash texnikasi yaratilishining qisqacha tarixi, avlodlari, sinflari va xalq xo'jaligidagi roli. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha «Ogoh bo'lsang olam seniki» Alisher Navoiy. Barcha tinglovchilar nimalarni bilishi va o'z ish jarayoniga tatbiq etishi kerak: - O'zbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish to'g'risida» gi qonun. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasida «Elektron hisoblash mashinasi va ma'lumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi to'g'risidagi qonuni» 1994-yil 6-mayda qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi qonunining 26-moddasida «Ta'limning ilg'or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayoniga joriy etilsin» deyilgan (1997-yil, 29- avgust). - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi da «Ta'lim berishning ilg'or texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish va ta'lim jarayonini didaktik jihatdan ta'minlash talab etiladi» deb ta'kidlangan (1997-yil, 29-avgust). - Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risidagi Respublika Vazirlar Mahkamasining 390-sonli qarori (199-yil 16- avgust). - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risidagi 203-sonli qarori. - Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarining ta'lim tayyorgarligi darajasi reytingini aniqlash ishlarini joriy etishni yanada takomillashtirish to'g'risida Respublika xalq ta'limi vazirligining 2001-yil 14-sentabrdagi 133-sonli buyrug'i va bu buyruqqa ilova qilingan sinov Nizomi. - O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning 2002-yil 30- maydagi pf-3080 raqamli Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish to'g'risidagi farmoni. - 2002-yil 6-iyundagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori va boshqa qator me'yoriy hujjatlarni bilishlari lozim. Haqiqatdan, bilim bu axborotlar majmuyi. Axborot esa bu - tushuntirish, izohdir. Bilgan doimo botir, bilmagan johil bo'lgan. Inson doimo bilimga intilgan. Bu borada barcha vosita va bilimlarni qo'llagan. Yangi vositalarni yaratgan. Shu tariqa u qalam, yozuv mashinkasini, telegraf, telefon, radio, televideniye, sputnik, nihoyat kompyuter va internetni yaratdi. Insonning bilimdonligi uning bilimlari bilan aniqlanadi. Jamiyatning boyligi insonlarning bilimdonligi bilan belgilanadi. Sayyoramizda Axborot olami degan yangi dunyo paydo bo'ldi. Zamonaviy informatsion texnologiyaga asoslangan olamshumul elektron axborot tarmoqlaridan borgan sari muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda va uning qudrati ortib bormoqda. Har birimizning hayotimizda Axborot olamining ahamiyati tobora kuchaymoqda. U olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Axborot kiber olami deb ataluvchi bu soha rivoj topib borayotgani tufayli dunyoning turli millatlari bir-birlari bilan qadrdonlashmoqda. Chunki mazkur kiber olamda insoniyat tarixida erishilgan barcha bilimlar jamlangan. Tarix, siyosat, madaniyat, ilm-fan, ta'lim va boshqa sohalarga doir ma'lumotlar dunyoning barcha kishilari uchun qiziqarlidir. Kiber olam ma'lumotlaridan kompyuter va bugun ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
260.29 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
260.29 KB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc