Axborot texnologiyalari haqida umumiy tushuncha

Axborot texnologiyalari haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot texnologiyalari haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Axborot texnologiyalari haqida tushuncha Yangi o'quv fani bo'lgan «Axborot texnologiyalari» fanida ахborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari vа vazifalari, axborotlarni qayta isvlash, axborotlarning amaliy ahamiyati vа boshqa xususiyatlari o'rgatiladi. «Axborot texnologiyasi» fani matematika, fizika, informatika vа boshqa qator fanlar bilan bevosita bog'liq. «Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so'zi lotincha «thexnos» - san'at, hunar, soha vа «logos» - fan degan ma'noni bildiradi. Ya'ni texnologiya - biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko'rinishini bildiradi. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul vа vositalari majmuidir . Axborot texnologiyasining vujudga kelishi vа rivojlanishini belgilovchi ichki vа tashqi omillar mavjud bo'lib, ularni quyidagicha tavsif1ash mumkin: Ichki omillar - bu axborotlarning paydo bo'lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash vа h.k. Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik - uskunaviy vositalar - orqali axborotlar bilan turli vazifalarni аmalga oshirishni bildiradi. Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit'a)da yashovchi o'rtog'ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, dey1ik. Buni turli yo'llar orqali аmalga oshirishingiz mumkin. Siz o'rtog'ingizga o'z fikringizni (o'z navbatida, o'rtog'ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo'limi orqali (yozma ravishda); 2) telefon tarmoqlari orqali (og'zaki); 3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali. Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, Bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo'ladi vа natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o'zingiz belgilab olasiz. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni аmalga oshirish uchun ketadigan mablag'larni chamalab ko'rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira o1mas1igingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko'rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni vа mohiyatiga bog'liq. Pirovardida, o'zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo'lmaganda arzonrog'i) vа sifati yuqori bo'lgan usulni belgilab olasiz. Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- vа 2-bandda ko'rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz vа undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonayiy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko'nikma vа malakalariga bog'liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o'zi nimaligini bilib olishingiz kerak. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib, unga informatika vа hisoblash texnikasi asoslari fanidan ma'lum bo'lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi, firma vа ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar vа xodimlar faoliyatining samarador1igini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada aytomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda ular ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.15 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga