Axborot texnologiyalari turlari

Axborot texnologiyalari turlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot texnologiyalari turlari - rasmi

Material tavsifi

Axborot texnologiyalari turlari Reja: ma'lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari Boshqaruvning axborot texnologiyasi Ofisni avtomatlashtirish Karor qabul qilishni qo'llab quvvatlash axborot texnologiyalari ma'lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyasi Xususiyati va ifodalanishi ma'lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal qilish uchun mo'ljallangan, ularga ko'ra zarur kirish ma'lumotlari mavjud va algoritmlar hamda ularni qayta ishlashning boshqa standart protseduralari malum. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarini avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo'lmagan malakali xodimlarning tezkor (ijrochilik) faoliyati darajasida qo'llaniladi. Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo'llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruriyatiga olib kelishi mumkin. Tezkor faoliyat darajasida quyidagi vazifalar xal etiladi: firmadagi bajarilayotgan amallar haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlash; firmadagi ishlarning holati to'risida davriy nazorat hisobotlarini tuzish; istalgan joriy so'rovlarga javob olish va ularni qooz hujjatlari yoki hisobotlari ko'rinishida rasmiylashtirish. ma'lumotlarni qayta ishlash bilan boliq bir necha o'ziga xosliklar mavjud, ular quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi: ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha firmaga zarur bo'lgan vazifalarni bajarish har bir firma o'z faoliyati haqida ma'lumotlarga ega bo'lish va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta'minlash va qo'llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Shu bois istalgan firmada ma'lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo'lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim; faqat yaxshi tartiblashgan vazifalarni hal etish, buning uchun algoritm ishlab chiqish mumkin; qayta ishlashning standart ish tartibini bajarish. Mavjud standartlar ma'lumotlarni qayta ishlashning namunaviy ish tartibini belgilaydi va ularga barcha turdagi tashkilotlar rioya qilishini ko'zda tutadi; odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish; batafsil ma'lumotlardan foydalanish. Taftish o'tkazishga yo'l qo'yuvchi, firma faoliyati haqida to'liq xususiyatga ega yozuvlarni amalga oshirish. Taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi; voqealar ketma-ketligiga(xronologiyasiga) uru berish; boshqa darajadagi mutaxassislar tomonidan muammolarni hal etishda kam yordam talab qilish. Asosiy komponentlari Endi ma'lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va ularning xususiyatlarini keltiramiz. ma'lumotlarni to'plash. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarishiga karab uning har bir xatti-harakati haqida tegishli ma'lumotlar yozuvi bo'ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma xatti-harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi (3.11-rasm). 3.11-rasm. ma'lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyalarining asosiy komponentlari ma'lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma'lumotlardan axborotni yaratish uchun quyidagi turdagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasniflash yoki guruhlash. Boshlanich ma'lumotlar odatda bir yoki bir necha raqamlardan tashkil topgan belgilar ko'rinishiga ega bo'ladi. obyektlarning ayrim alomatlarini ifodalovchi bu belgilar yozuvlarni aynan o'xshatish (identifikatsiyalash) va guruhlash uchun foydalaniladi; yozuvlar izchilligini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 109.88 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 109.88 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga