Axborot texnologiyalari va masofadan o'qitish markazi Axborot texnologiyalar va masofadan o'qitish markazi (keyinchalik - Markaz) Toshkent Davlat madaniyat instituti tarkibiy qismi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 № 230 qaroriga muvofiq tashkil topgan. Ushbu markaz shuningdek, «Oliy va o'rta maxsus ta'lim maskanlarida Axborot texnologiyalar va masofadan o'qitish markazlarini ta'sis qilish» Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 25.01.2001 № 23 qaroriga asosan tashkil etildi. Markazga fizika-matematika fanlari kandidati, dotsent A.M. Muhammadiyev rahbarlik qilmoqda. Uning rahbarligida markaz o'z faoliyatini boshladi va ta'lim markazida axborot-kommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirishga qaratdi. 2008 yilning dekabr oyida Toshkent Davlat madaniyat instituti rektori qaroriga muvofiq markaz direktori etib magistr M.P. Savochkin tayinlandi. Markaz faoliyatini institutning 2009 yildagi nizomiga muvofiq olib bormoqda. Axborot texnologiyalar va masofadan o'qitish markazi xodimlari institut talabalari o'qish jarayonida texnik ko'mak beradi. Markaz faoliyatining dastlabki davridanoq uning moddiy texnik bazasi isloh qilib borilmoqda. Bu markazga yangi kompyuterlar ko'lamini kirib kelishi bilan bog'liq jarayon. Institutning deyarli barcha kompyuterlari Internet tarmog'iga ulangan. Talabalar nafaqat o'quv jarayonida, shuningdek, bo'sh vaqtlarida ham internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu maxsus jadval asosida, avtomatik ravishda talabalarning ushbu tarmog'dan foydalanish ko'lamini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O'ozirgi paytda Markaz tarkibiga 5 ta maxsus o'quv xonasi kiritilgan bo'lib, ulardan biri 2002 yildan axborot-kutubxona faoliyati bilan shug'ullanuvchi kadrlarni malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan. Shuningdek, bu xonada «Axborot faoliyatini boshqarish va kutubxonashunoslik» fakulteti talabalari «IRBIS» tizimini o'rganishadi, bu tizim hozirda Respublikamizning ko'plab kutubxonalarida ish jarayonida qo'llanilmoqda. Ushbu tizimning afzallik tomoni shundaki, u kutubxona faoliyatidagi ko'plab jarayonlarni o'zida mujassam etgan. 2010 yilda TEMPUS «Kutubxona ishi va informatika bo'yicha yangi magisterlik dasturi» loyihasi bo'yicha, institutda o'quv-maslahat kompyuter markazi tashkil etilib, u so'nggi rusumdagi kompyuter texnikasi bilan ta'minlandi. Xususan, ular orasida interaktiv doska talabalarni o'ziga jalb etdi. Shu sababli markaz xodimi V. Bushuyeva tomonidan talabalar uchun maxsus multimedia kursi ishlab chiqildi. Shuningdek, Axborot texnologiyalar va masofadan o'qitish markazi qoshida mamlakatimizning turli viloyatlarida faoliyat yuritayotgan madaniyat xodimlari va kutubxonachilar o'z malakasini oshirib borish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. Bu ularni yangi informatsion texnologiyalarini o'zlashtirishga xizmat qiladi. Markaz xodimlariga markazning moddiy-texnik bazasi ustidan nazoratdan tashqari, bir qator boshqa vazifalar ham yuklatilgan. Xususan, institutning sayti ham ushbu markaz xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, «Informatika, matematika va axborot texnologiyalari» kafedrasi hamkorligida institut o'qituvchilarining elektron o'quv qo'llanmalarni yaratish jarayoni jadal sur'atlar bilan amalga oshirilishi ham ushbu markaz xodimlarining birdamlikdagi sa'y-harakatlari ifodasidir. Axborot texnologiyalar va masofadan o'qitish markazi direktori M.P. Savochkin TEMPUS loyihasi asosida 2009-2010 yillarda Shotlandiyaning Robert Gordon nomidagi universitetida Moodle masofadan o'qish tizimini o'quv jarayoniga kiritish bo'yicha ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
152.56 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
152.56 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: pptx