Axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish yo'llari Mundarija: Kirish Axborot texnologiyasi tushunchasi Kompyuterlashtirilgan ta'lim texnologiyasi Masofali o'qitish texnologiyasi Virtual kutubxona Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Malumki, har qanday davlatning rivojlanishi uning intellektual salohiyatiga bog'liq. Intellektual salohiyat xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotni ta'minlay oladigan mustaqil fikrli, malakali, bilimli, yuksak insoniy fazilatlarga ega kadrlarning majmuidir. Davlatimiz esa mustaqillikni qo'lga kiritgan dastlabki kunlardanoq intellektual salohiyati yuqori kadrlarninng yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgan davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Bu yo'lda amalga oshirilgan asosiy vazifalardan biri mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishga asos bo'ladigan yangi ta'lim tizimining tashkil etilishidir. 1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda. ta'lim mazmunining yangi g'oyalar bilan boyib borishi, ta'lim metodlari, axbrot texnologiyalarining doimiy takomillashuvi, o'qituvchilarning bilim saviyalarga qo'yilayotgan talablar - bularning barchasi o'qituvchidan bilimlarni muntazam to'ldirib borish va mustahkamlash, malakasini oshirish va metodik mahoratni talab etadi. Talabalarning o'zlari ham doimiy ravishda o'qituvchilarga yangidan-yangi talablarni qo'yaverishadi. O'qituvchi audito-riyada yuzlab va minglab «nimaga?», «nima uchun?» kabi savollarga duch keladi. Bundan tashqari o'qituvchining ta'lim olganlik darajasi ham o'sib borishi kerak. Bu faqatgina bilimlar ko'lamiga bog'liq bo'lib qolmaydi. ta'lim olganlikning rezervi o'qituvchidan takomillashgan bilim metodlarini egallashni, axbrot texnologiyalaridan samarali foydalana olishni, fikrlash shakllarin rivojlantirishni, hayotiy tajribani boyitishni talab etadi. Ana shuning uchun axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish yo'llarini o'rganish muhim vazifalardan biridir. Mavzuning maqsad va vazifalari. Mavzuning maqsadi axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish yo'llarini yoritib berish. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o'z oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab oldik: Axborot texnologiyasi tushunchasining mohiyatini aniqlash. Kompyuterli o'qitish texnologiyasini bayon etish. Masoaviy o'qitish texnologiyalari haqida ma'lumot berish. Virtual kutubxona va undan foydalanish yo'llarini ko'rsatib berish. Mavzuning amaliy ahamiyati. Mazkur kurs ishi materiallaridan pedagogika kollejlarining o'qituvchilari ma'ruza matnlari, metodik ko'rsatmalar tarzida foydalanishlari mumkin. Ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, to'rt qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 1. Axborot texnologiyasi tushunchasi. Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy ta'limning asosiy vazifalaridan biri axborotni tez va sifatli uzatish, qabul qilish, tahlil etish va xulosalar chiqarish uchun axborot texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat. Axborot texnologiyalari-ning takomillashuvi ta'lim jarayonini axborotlashtirish-ning muhim omilidir. Axborot texnologiyalari esa informatika qonun-qoidalari asosida, zamonaviy elektronika yordamida takomillashtiriladi. Ana shu asosdan kelib chiqib axborot texnologiyalari deganda, axborotlarni yig'ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmui tushuniladi. ta'lim jarayonini ana shu tarzda tashkil etishni XX asrning 60-yil-laridan boshlab, dasturlashgan ta'limning kirib kelishi jadallashtirdi. U o'quvchining bilim egallashi yo'lida har bir qadamni nazorat qilishga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
753.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
753.27 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: docx