Axborot tehnologiyalari. Ularning turlari va sinflari Reja 1. Axborot texnologiyasi tushunchasi 2. Yangi axborot texnologiyasi 3. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari 4. Axborot texnologiyalari taraqqiyotining bosqichlari AXBOROT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHASI Axborot texnologiyasi ta'rifi Texnologiya - so'zi yunoncha (techne) sanoat, mahorat, o'quv ma'nolarini anglatadi, bu esa jarayonlar demakdir. Jarayon deganda oldiga qo'yilgan maqsadga erishishga yo'nal-tirilgan harakatlarning muayyan yig'indisi, jamlanmasi tushuniladi. Jarayon inson tomonidan tanlangan strategiyaga qarab belgilanishi hamda turli vosita va uslublar jamlanmasi yordamida amalga oshirilishi kerak. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalari deganda xomashyo yoki materialning holati, xususiyatlari, shakllarini qayta ishlash, tayyorlash, o'zgartirish vosita va uslublari jamligini belgilovchi jarayon tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maq-sadlarida materiyaning sifati yoki boshlang'ich holatini o'zgartiradi (3.9-rasm). Moddiy mahsulot ma'lu- Axborot Zaxiralar motlar mahsuloti 3.9-rasm. Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash texnologiyasi analogi sifatida Axborot ham neft, gaz, foydali qazilmalar va boshqa shu kabi an'anaviy moddiy zaxira turlari kabi jamiyatning qimmatli zaxiralaridan biridir, demak, uni qayta ishlash jarayonini moddiy zaxiralarni qayta ishlash jarayonlari bilan qiyoslaganda texnologiya sifatida qabul qilish mumkin. Shunda quyidagi tushunchani keltirish ayni muddao bo'ladi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalarining maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqa-rishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo'yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti) ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlar (boshlang'ich axboroti) ni to'plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Ma'lumki, turli texnologiyalarni moddiy zaxiralarga qo'llay borib, turli mahsulotlarni olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham bu hol o'rinli hisoblanadi. Qiyoslash uchun 3.4-jadvalda bu ikki turdagi texnologiyalar-ning asosiy komponentlari keltirilgan. Texnologiyalarning asosiy komponentlarini qiyoslash 3.4-jadval Yangi axborot texnologiyasi Axborot texnologiyalari jamiyat axborot zaxiralaridan foydalanishning eng muhim jarayonlaridan biridir. Hozirgi paytga kelib u bir necha evolutsion bosqichlarni bosib o'tdi, ulardan har birining almashinuvi asosan fan va texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi. Hozirgi jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyalarining asosiy texnik vositasi boiib shaxsiy kompyuter xizmat qilmoqda, u texnologik jarayonlar konsepsiyasini ko'rish va undan foydalanishga ham, axborot tizimiga ham muhim ta'sir ko'rsatadi. Shaxsiy kompyuterning axborot sohasiga tatbiq etilishi va aloqaning telekomunikatsiya vositalarida qo'llanilishi axborot texnologiyalari rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari tushunchasiga, kommunikatsiya texnologiyalari ham kiradi, ular axborotni turli vositalar, aynan telefon, telegraf, telekommunikatsiyalar, faks va boshqalar orqali uzatishni ta'minlaydi. 3.5-jadvalda zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari keltirilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy xususiyatlari 3.5-jadval Zamonaviy axborot texnologiyasi - ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.99 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
50.99 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: doc