Axborot texnologiyalarini vazifasi va umumiy tasnifi

Axborot texnologiyalarini vazifasi va umumiy tasnifi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot texnologiyalarini vazifasi va umumiy tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Axborot texnologiyalarini vazifasi va umumiy tasnifi Reja: 1.Axborot texnologiyalari haqida umumiy ma'lumotlar. 2.Axborot texnologiyalari tasniflanishi 3.Axborot texnologiyalarini inson hayotidagi o'rni. 4.Xulosa Axborot texnologiyalari haqida umumiy ma'lumotlar. Texnologiya so'zi grekchadan tarjima kilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yiKindisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya obyektining dastlabki, boshlanKich holatini uzgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali katik, tvorog, smetana, yoK va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlanKich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda xam «texnologiya» tushunchasining ma'nosi saqlanib kolinadi. Fakat unga «axborot» so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniklab turadi. Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy obyektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar kanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu Yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida xam boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini kuyidagicha ta'riflash mumkin. Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini kondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo'lgan, uni tahlil etish va u asosida karor kabul qilishi kerak bo'lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan ibora. Turli texnologiyalarni kullab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan xam aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda xar bir o'quvchi boshlang'ich axborotni qayta ishlash uchun uzining bilimini kullaydi. Masalaning yechimi bo'lgan yangi axborot mahsuloti, o'quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog'lik. Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam uzining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, uzgartiriladi. Uozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng kullanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining kullanishiga urKu berish maqsadida kupincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi. Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo'lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog'likdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.65 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.65 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga