Axborot texnologiyalar tushunchalari va ularning turlari Reja : Axborot texnologiyalari haqida tushuncha Axborot texnologiyalarining jamiyat taraqiyotidagi roli Axborotni o'lchash va tasvirlash Axborot texnologiyasi tushunchasi. Texnologiyalar. Texnologiya grekcha so'z bo'lib mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma'lum bir jarayonga nisbatan qo'llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo'naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon inson tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Axborot texnologiyasi Axborot texnologiyalari to'g'risida gap ketganda, material sifati ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa to'g'risidagi sifat jihatidan yangi ma'lumot bo'ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo'ladi. Axborot texnologiyasining maqsadi Axborot texnologiyasining maqsadi esa - axborot ishlab chiqarish bo'lib, uni tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo'l urish uchun tegishli qaror qabul qilish. Axborotlarni yig'ish, uzatish, to'plash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Avtomatlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, iashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo'ladi, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi. Zamonaviy axborot texnologiyasi (ZAT) (kompyuter axborot texnologiyasi) - shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi uchun qulay interfeysli axborot texnologiyasidir. Ma'lum bir turdagi kompyuter uchun mo'ljallangan bir yoki bir necha o'zaro bog'liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi. ZAT ning asosiy tavsifi 2-jadvalda keltirilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy tavsifi Axborot texnologiyasining asosiy elementlari. ZAT ning asosiy elementlari quyidagicha: ma'lum bir vaqt davomida axborotni kiritish va qayta o'zgartirish; tasvirni kiritish va unga ishlov berish; signal axboroti paydo bo'lgan yerda uni qayta ishlash; og'zaki axborotni qayta ishlash; foydalanuvchining SHK bilan faol muloqoti; turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish; axborot almashuvining tarmoq texnologiyasi (dialog yuritish, video va telekommunikatsiya, elektron pocha, vidioteka va x.z.); taqsimlangan tarmoq tizimlarida ma'lumotlarni multiprotsessor asosida qayta ishlash; mahalliy, mintaqaviy va xalqaro tarmoqlar bo'yicha axborotni tezkor tarqatish. Axborot texnologiyalari taraqqiy etishining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyasi. Qo'l axborot texnologiyasi o'rniga XIX asr oxirida mexanik texnologiya kirib keldi. Yozuv mashinasi, telefon, diktafonning kashf etilishi, jamoa pochtasi tizimining takomillashuvi - bular bari avvaliga axborotni qayta ishlash texnologiyasida, so'ng ish mahsuldorligida sezilarli o'zgarishlar yuz berishiga zamin bo'ldi. Videomatn axborot tizimi. Bu axborot tizimi axborot kabul qilish va tanlash erkinligi imkoniyatini kengaytiradi, hamda telefon, kompyuter, televizor imkoniyatlarini birlashtiradi. Telefon chakirigi tufayli telefon tarmogiga ulangan kompyuter va televizor orasida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
965.41 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
965.41 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:10 ]
Arxiv ichida: pptx