Axborot tizimi yashash davri mobaynida yuzaga keladigan jarayonlar Reja: 1. Ishlab chiqish fazasi 2. Ekspluatatsiya fazasi 3. Kuzatuv fazasi 4. Yashash davrining yordamchi jarayonlari 5. tashkiliy jarayonlar Yashash davri tushunchasi axborot tizimlari loyihalashtirilishi usulining asostushunchalaridan biri hisoblanadi. Axborot tizimlari yashash davri axborot tizimlarini yaratish haqida yechimni qabul qilish daqiqasidan boshla toki uni ekspluatatsiyadan chiqarish daqiqasigacha bo'lgan uzluksiz jarayonni o'zida aksettiradi. Axborot tizimlariyashash davrini tavsiya etuvchi - ISOIEC 12207 xalqaro standarti mavjud. Izoh-- ISO - bu International Organization of Standardization IEC - bu International Electrotechnical Commission ISOIEC standarti yashash davri tuzilmasini aniqlaydi. U o'zida axborot tizimi yaratilishi vaqtida bajarilishi kerak bo'lgan jarayon, harakatlar va masalalarni o'z ichiga oladi. Berilgan standartga ko'ra, yashash davri tuzilmasi uch guruh jarayonga asoslanadi: yashash davrining asosiyjarayonlari(olish, keltirish, ishlabchiqish,ekspluatatsiya,kuzatuv); asosiy jarayonlarni bajarishni ta'minlaydigan yordamchi jarayonlar(hujjatlashtirish, sifatni ta'minlash, konfiguryatsiyani boshqarish, attestatsiya, baholash, audit, muammolar yechimi); tashkiliy jarayonlar(loyiha boshqaruvi, loyiha infratuzulmasini yaratish, yashash davri o'zini baholash va yaxshilash, o'rgatish). Bu har bir keltirilgan guruhlarni alohida ko'rib o'tamiz. Yashash davrining asosiy jarayonlari Yashash davrining asosiyjarayonlaridan eng muhimlari uchta, yani: ishlabchiqish, ekspluatatsiya va kuzatuvdir. Har bir jarayon aniq masala va uning yechish usullari, oldingi etapda olingan boshlang'ich ma'lumotlar va ularning natijalari bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqish Axborot tizimini ishlabchiqish axborot dasturiy ta'minotini va berilgan talablarga mos ravishda ularning komponentalarini yaratish bo'yicha barcha ish larni o'zida saqlaydi. Axborot dasturiy ta'minotini ishlab chiqish yana quyidagilarni o'zida saqlaydi: loyiha va ekspluatatsiya ishlarini hujjatlashtirish; ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarni testdan o'tkazish uchun zarur materiallarni tayyorlash; odamlarni o'rgatish uchun zarur materiallarni ishlab chiqish. Ekspluatatsiya Ekspluatatsiya ishlarini tayyorlanuv va asosiy qismlarga bo'lish mumkin. Tayyorlanuv qismiga quyidagilar kiradi: ma'lumotlar bazasi va foydalanuvchi ish joylarini konfiguryatsiyalash; foydalanuvchilarni ekspluatatsiya hujjatlari bilan ta'minlash; xodimlarni o'rgatish. Ekspluatatsiyaishlarining asosiy qismiga quyidagilar kiradi: bevosita ekspluatatsiya; muammolarni chetlashtirish va ularni paydo bo'lish sabablarini yo'qotish; dasturiy ta'minotni modifikatsiyalash(yangilash); tizimni mukammallashtirish bo'yicha takliflarni tayyorlash; tizimni rivoji va modernizatsiyalash. Kuzatuv Texnik qo'llab - quvvatlash xizmati har qanday korporativ axborot tizimlarining hayotida o'ta muhim o'rin tutadi. Axborot tizimlarini ekspluatatsiyasi etapida yuqori darajali texnik xizmati borligi uning oldiga qo'yilgan masalalarni yechishning zaruriy shartlaridan bo'lib hisoblanadi. Bunda xizmat qiluvchi xodimlarning xatosi ochiq yoki yopiq moliyaviy yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Axborot tizimi texnik xizmatini tashkilini tayyorlashdagi asosiy oldi harakatlarga quyidagilar kiradi: tizimni javobgarligi yuqoriroq bo'lgan tugun nuqtalarini ajratish va ularda kritik to'xtamlarni aniqlash(bu axborot tizimi kritik tashkil etuvchilarini ajratish va texnik xizmat uchun resurs lar taqsimini optimallashtirishga imkon beradi ); texnik xizmat va ularni ichki bo'lim xizmatlari orqali echiladigan, hamda tashqi maxsus servis tashkilotlari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.1 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.1 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: doc