Axborot tizimida tashkilotni boshqaruv tuzilmasi. Axborot tizimini yaratish

Axborot tizimida tashkilotni boshqaruv tuzilmasi. Axborot tizimini yaratish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot tizimida tashkilotni boshqaruv tuzilmasi. Axborot tizimini yaratish - rasmi

Material tavsifi

Axborot tizimida tashkilotni boshqaruv tuzilmasi. Axborot tizimini yaratish Tayanch so'zlar va iboralar. Axborot tizimi, tashkillashtirish, hisobga olish, tahlil qilish, saqlash, uzatish, qayta ishlash, teskari aloqa va h.k Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad - tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va boshqa jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. Milliy iqtisodiyotni boshqarish obyektlari majmuasining umumiy chizmasi 3.1-rasmda keltirilgan. Milliy iqtisodiyotni boshqarish obyektlari. 1. Axborot tizimining tarkibiy qismlari. Axborot tizimining tarkibiy qismlari- bukompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, ma'lumotlar bazasi, insonlar, aloqaning turli texnik va dasturiy vositalar va h.k.lardan iborta bo'lgan muhit hisoblanadi. Axborot tizimining funksiyalarini unga yo'naltirilgan ATni bilmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. Asosiy komponentlari. Bir qarashda axborot texnologiyalari va axborot tizimlari tushunchasi o'zaro o'xshashdek tuyuladi, lekin aslida bunday emas. Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanadigan ma'lumotlar ustida murakkablik darajasi turlicha bo'lgan bosqichlar, harakatlar va operatsiyalarni bajarishning aniq reglamentlangan qoidalaridan iborat bo'lgan jarayon hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi dastlabki axborotni qayta ishlash bo'yicha maqsadli harakatlar natijasida foydalanuvchi uchun zarur bo'lgan axborotni olishdan iborat. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari. Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad - tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va boshqa jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. O'rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo'lgan tizimning ko'plab tushuncha va ta'riflari mavjud. Umumiy holatda tizim, deganda ular orasidagi va ularning xususiyatlari o'rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo'lgan, yani bir-biriga chambarchas bog'langan qismlardan iborat butun bir obyektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta'rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig'ilgan mashina; hujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog'langan ko'plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokazo. Bunday hollarda obyektlar (qismlar) yagona tizim sifatida ishlaydi, yani har bir obyekt, tizimostilar, umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi. «Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «obyektlar», «alo-qalar», «xususiyatlar». obyektlar - tizimning bir bo'lagi yoki komponentlari bo'lib, jismoniy, matematik o'zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo'linmalari kabi ko'plab cheklanmagan qismlarga ega. Xususiyatlar - bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning malum bir o'lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi. obyektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o'zgarishi mumkin. Aloqalar obyektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining tizimostilari va tizimlar o'rtasida aloqa bo'lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o'rtasida aloqaning mavjud bo'lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo'lmagan element ko'rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 854.33 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 854.33 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga