Axborot tizimlar ma'lumotlar bazasi axborot tizimlar Ko'pgina masalalarni yechish asosida informatsiya yoki axborotlarni qayta ishlash yotadi. Informatsiyani qayta ishlashni engillashtirish maqsadida axborot tizimlar yaratiladi. Avtomatlashgan axborot tizimlar (AT) deb, shunday tizimlarga aytamizki, ularning tarkibida texnik vositalar, jumladan shaxsiy kompyuterlar ishtrok etadi. ATlarni keng manoda informatsiyani qayta ishlaydigan ixtiyoriy tizimni tushunish mumkin. Tadbiq etish sohasiga qarab, ATlar ishlab chiqarish sohasida, ta'lim sohasida, sog'liqni saqlash sohasida, harbiy soqada va boshqa sohalarda ishlatiladigan tizimlarga ajratish mumkin. axborot texnologiyasi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; axborot tizimi - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Ixtiyoriy AT izda uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda ko'rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma'lumotni kiritish, unga ishlov berish, natijaviy ma'lumotni QQ uchun iste'molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani ta'minlash, yani natijani tahlil qilib dastlabki ma'lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish. Axborot tizimida jarayonlar Har qanday AT strukturasi, qo'llanish sohasidan qatiy nazar, bir necha taminlovchi qismlardan iborat bo'ladi. Taminlovchi qismlar 6 xil bo'ladi: texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy ta'minotlar. Axborot tizimi va uni taminlovchi qism tizimlari. Texnik ta'minot-bu AT ishlab turishi uchun zarur bo'lgan texnik vositalar undan tashqari bu vositalar va texnologik jarayonlar uchun zarur bo'lgan hujjatlardan iborat. Texnik vositalarga: turli modeldagi kompyuterlar; axborotni yig'ish, to'plash, qayta ishlash, uzatish va chiqarish vositalari; ma'lumotlarni uzatish va aloqa vositalari; orgtexnika va axborotni avtomatik o'qish vositalari; turli xil xom ashyo va materiallar kiradi. Matematik ta'minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo'lgan matematik usullar, modellardan iborat. Matematik ta'minotga quyidagilar kiradi: Boshqruv jarayonlarini modellashtirish vositalari, Tipik masalalarni tayyor yechish usul va vositalari (jumladan, matematik analiz, algebra, hisoblash usullari, differensial va integral tenglamalarga oid tayyor algoritm va usullar), Matematik dasturlash, matematik statistika, ommaviy xizmat ko'rsatish va h.k.larning usullari. Dasturiy ta'minot - bu AT ishlab turishi uchun zarur bo'lgan algoritmlar, dasturlardan iborat. Axborot ta'minot - bu AT ishlab turishi uchun zarur bo'lgan axborotni yagona (unikal) klassifikatsiyalash va kodlash usullari, unikal (yagona, normativ) hujjatlar majmui, hujjatlar oqimining harakat marshrurtlar sxemasi, MB tuzish texnologiyasidan ibortdir. tashkiliy ta'minot- bu AT ishlab turishi uchun zarur bo'lgan xodimlarning o'zaro va texnik vositalar bilan munosabatlarini aniqlovchi usullar va vositalardan iborat. tashkiliy ta'minot quyidagilardan iborat: AT o'rnatiladigan korxonaning mavjud boshqaruv tizimining tahlili, avtomatlashtirilishi zarur bo'lgan masalalarni aniqlash, Masalalarni kompyuterda yechishga tayyorlash. Bunga AT ni texnik loyihasini tuzish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.3 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.3 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: doc