Axborot tizimlari va texnologiyalari

Axborot tizimlari va texnologiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot tizimlari va texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Axborot tizimlari va texnologiyalari Reja: Axborot tushunchasi Axborot tizimi uning turlari va tarkibi Axborot tizimlarining ta'minotlari Axborot tizimlarini loyihalash Axborot texnologiyalari Axborot texnologiyalari asoslari Axborot texnologiyalarining turlari Axborot tizimlarining rivojlanish yo'nalishlari Axborot tushunchasi XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir. «Axborot» so'zi lotincha «information» so'zidan olingan bo'lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma'lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma'lumot, degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo'layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, obyektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to'g'risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo'llaniladi. Komp'yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi obyekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy bog'liq, lekin har qanday ma'lumot axborot bo'lavermaydi. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: Texnik axborot Agrobiologik axborot Siyosiy axborot Huquqiy axborot Iqtisodiy axborot va boshqalar Axborotning turlari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: Uzluksiz hosil bo'lish. Harf raqamlarda ifodalanish. Diskret xarakterdalik. To'plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi. Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma'lumotlardir. Axborot xalq ho'jaligining barcha tarmoqlari iste'mol etuvchi zahira bo'lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma'lumotlari bilimlarining yig'indisidir. Axborot resurslari - alohida hujjat va alohida hujjatlar to'plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to'plamidir. O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonunining ikkinchi moddasida «Axborot texnologiyasi» va «Axborot tizimi» atamalariga quyidagicha ta'rif berilgan: axborot texnologiyasi axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi; axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to'plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmuyi. Axborot atrof - muhit obyektlari va hodisalari, ularning o'lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug'risidagi ma'lumotlardir. Keng ma'noda axborot insonlar o'rtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o'rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Informatika fani axborotga hodisalar yoki obyektlar to'g'risidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 374.33 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 374.33 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga