Axborot tizimlarining hayot sikli modellari, topshiriqli-kasqadli va spiral modellari

Axborot tizimlarining hayot sikli modellari, topshiriqli-kasqadli va spiral modellari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot tizimlarining hayot sikli modellari, topshiriqli-kasqadli va spiral modellari - rasmi

Material tavsifi

Axborot tizimlarining hayot sikli modellari axborot tizimlarini topshiriqli kAsqadli va spiral modellari Reja: ITlarni yaratish jarayoni etaplari Hayotiy sikl tushunchasi ITlarni yaratishni sharshara modeli KAsqadli modelning ustun va kamchilik tomonlari ITlarni yaratishning spiral modeli Spiral modelning kuchli kuchsiz tomonlari Agar tizim korxonani axborot bilan ta'minlasa, demak u axborot(informastion) tizimdir. Axborot tizimini yaratish aksariyat zamonaviy korxonalarda, ularning qanday biznes bilan shug'ullanishidan qat'iy nazar, hal qilinishi zarur bo'lgan muammodir. Axborot tizimi atamasi biznes yuritishni engillashtiruvchi yoki avtomatlashtiruvchi dasturiy mahsulotlar sinfiga kiradi. Agar tizim biznesni axborot bilan ta'minlash orqali qo'llab-quvvatlasa, axborot tizimi deb ataladi. Tegishli dastur, agar u bittadan ortiq(ba'zi hollarda ketma-ket, ba'zan esa parallel) funkstiyani bajarsa, tizim deb ataladi. Masalan, ombor xo'jaligini qo'llab-quvvatlovchi axborot tizimlari omborga tovarlar kelib tushishi, xaridorga tovarlar berilishini kuzatib turadi, omborda har bir mahsulotning zaruriy miqdori mavjudligini nazorat qiladi. Umumiy holda ITlarni yaratish jarayoni ikki nuqtai-nazarga asoslanadi: -Asosiy ish oqimlari, bajaruvchilar, harakatlar ketma-ketligini aniqlash; -ITni hayotiy sikli, ya'ni uni yaratishda vaqt mobaynida takrorlanuvchi jarayonlarni aniqlash. Hayotiy sikl modellari deganda ITni ishlab chiqish jarayonidagi ma'lum davr tushuniladi. Tizimlarni yaratish jarayoni tizimlarning yaratilish davri(system development life sykle) yoki hozirgi terminda hayotiy sikli deyiladi, chunki bu jarayon bilan bog'langan faoliyatlar davomiydir. Tizimlarning yaratilishida yo'l qo'yilgan xato qanchalik kech aniqlansa, shunchalik uni tuzatish qimmatga tushadi, chunki oldin qilingan ishlar ham ko'rib chiqilishi zarur bo'ladi. Ana shuning uchun ham tizimlar yaratilishi jarayonini bosqichlarga bo'lib, tizimlar yaratishda ma'lum metodlar ishlab chiqilgan. ITlar hozirgi vaqtda biror loyiha sifatida ishlab chiqariladi. Loyiha - bu sistemaning aniq maqsadda chegaralangan vaqtda muddat, natija, tavakkalchilik, xom-ashyo talablariga mos xoldagi harakatidir. Axborot tizimlarini yaratishning sharshara yoki kAsqadli modeli klassik hisoblanib, 70-80 yillarda keng tarkalgan edi. Bunda loyiha etaplarga bulinib, bir etap bajarilgandan so'ng keyingi etapga utiladi. Har bir etap tugatilganda u tula hujjatlashtiriladi va loyihachilar bu hujjatlardan keyingi etapda foydalanishadi. An'anaviy tizimlarni yaratish davri uslubi(«sharshara») yoki hozirgi terminda kAsqadli model quyidagi bosqichlardan iborat: Tizimni tasavvur etish.Bu bosqichda hal qilinadigan muammo aniqlanadi va uning texnik jihatdan amalga oshirilishi imkoniyati o'rganiladi. Bunda qo'yiladigan savol: «muammo nimadan iborat va bu muammoni qanday yechish mumkin?». Tizim tahlili - Bu bosqichda muammo echilishi uchun axborot tizimi nima qilish kerak?- degan savolga javob izlanadi. Bu bosqichda amaldagi tizim va uning ish jarayoni o'rganiladi. Bu esa tizimning kuchlik tarafini, kamchiligi va yangi imkoniyatlarini namoyish etadi. Tizim tahlilidan chiqadigan natija - tizim talablari ro'yxati va ularning ustunligi. tizim dizaynini yaratish, ya'ni Axborot zimi muammoni yechish uchun qanday ish tutishi kerak - degan savolga javob beradi. Bu bosqichning natijasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.25 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.25 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga