Axborot tizimlarining turlari

Axborot tizimlarining turlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot tizimlarining turlari - rasmi

Material tavsifi

Axborot tizimlarining turlari Reja: Axborot tizimining konseptual va funksional modeli Axborot tizimlarini miq'yosi, qo'llanilish sohasi, tashkil etish usuli bo'yicha sinflari. Axborot tizimlarini texnik tuzilishi bo'yicha sinflanishi. Axborot tizimlarini axborot tavsifi bo'yicha sinflanishi. Axborot tizimlarining masalaning tuzilishi bo'yicha sinflari. Axborot tizimlarini avtomatlashtirish darajasi bo'yicha sinflanishi Axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni ko'rinishi bo'yicha sinflanishi Axborot tizimlarini qo'llanish sohasi bo'yicha sinflanishi Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo'yicha sinflanishi Axborot tizimlarini integratsvyalashuv darajasi bo'yicha sinflanishi Avtomatlashtirilgan ofis tizimi. Avtomatlashtirilgan ish joyi. Axborot tizimining konseptual va funksional modeli tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi - tashkilotning maqsadidan kelib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo'ljallangan standart protseduralar xodimlar, dasturiy vosi-talar, asbob - uskuna, ma'lumotlarning o'zaro bog'langan majmuidir. Mazkur tizim birgalikda harakat qiluvchi kompyuterlar va telekommunikatsiyalar, kompyuter axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo'llab - quvvatlash uchun mo'ljallangan. Shuni qayd etish lozimki, axborot almashuv jarayoni insonning eshitish, ko'rish, anglash a'zolari orqali qabul qiladigan nutq, ma'lumot yoki tasvirlar bilan boshlanadi va tugaydi. Keladigan - chiqadigan bu elementlar o'rtasida kompyuterlashgan axborot tizimida turli darajadagi elektron mahsulotlar bo'ladi. Bular - operatsion tizimlar, ma'lumotlar bazalarini bio'qarish tizimi, amaliy dasturiy ta'minot va axborotning o'zidir. Ushbu axborot va dasturiy vositalar hamda komponentlardan ko'-pincha aynan bir paytda va o'sha vaqtda foydalanib bo'lmaydi. Shuning uchun ham bunday axborot tizimlarining o'ziga xos tomoni shundaki, ma'lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib ketadi. AATning konseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig'ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to'plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga mo'ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi - bu operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o'rtasidagi vositachi sanaladi (1.15-rasm). Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot tizimi tizimdagi ma'lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amal-ga oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo'lib qarorlar qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo'lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi. 1.15 - r a s m. Axborot tizimining konseptual modeli Axborot tizimining funksional modeli. Axborot tizimining funksional modelini quyidagicha tasavvur etish mumkin (1.16-rasm). Mazkur modeldan kurinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot obyektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotning yuzaga kelishi, tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot obyektlarini o'zida saqlaydi. Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy pro-tseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqa-rish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi to'rtinchi va beshinchilari esa maz-kur tizim bilan axborot manbai va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 393.42 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 393.42 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga