Axborot tizimlarining tuzilmasi va tasnifi Reja: Axborot tizimlar tuzilmasi Axborot tizimlarining tasnifi Axborot tizim turlari Axborot tizimlarining boshqa tasniflari Axborot tizimlari tuzilmasi Kuyi tizimlar turlari Axborot tizimi quyi tizimlar deb nom olgan qismlar to'plamidan tashkil topgan. Kuyi tizim - biror alomatiga qarab bo'lingan tizimning bir qismidir. Tasnifda tuzilma belgisiga asosan quyi tizimlar taminlovchi deb nomlanadi. Shuning uchun hamma axborot tizimlarining tuzilmasi taminlovchi quyi tizimlar to'plamidan iborat bo'ladi. Taminlovchi quyi tizimlarga axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy va huquqiy ta'minot kiradi. (3.4 - rasm) 3.4-rasm. Axborot tizimining taminlovchi quyi tizimlari Axborot ta'minoti Axborot ta'minotiga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun aniq axborotni o'z vaqtida tayyorlash va taqdim etish vazifalari belgilanadi. Axborot ta'minoti - axborotni tasniflash va shartli belgilash tizimi, hujjatlarni umumlashtirish (unifikatsiyalash) tizimi, axborot oqimlari sxemasi hamda maxlumotlar bazasini tuzish uslubiyotlarining to'plamidir. Axborotni tasniflash va shartli belgilash tizimini darslikning 2 - bobida ko'rib chiqilgan. hujjatlarni umumlashtirish tizimlari davlat, soha va regionlar darajasida tuziladi. Buning maqsadi turli soha ko'rsatkichlarini bir-biriga solishtirishni tashkil etishdan iboratdir. Axborot oqimlari sxemasida axborotni harakat yo'nalishlari, hajmi, birlamchi axborotni tashkil etilgan joyi va uni foydalanish natijalari ko'rsatiladi. Axborot oqimlari sxemasining tahlili asosida boshqaruvni takomillashtirish tadbirlari ishlab chiqiladi. ma'lumotlar bazasini tuzish uslubiyoti bazalarni loyihalash nazariyasi asosida yaratiladi. Axborot ta'minotini tuzish uchun quyidagilarni bilish kerak: muassasa boshqaruv tizimining maqsadini, vazifalarini, yaqqol tushunish; axborot yaratilgan joyidan foydalanilgan joyigacha bo'lgan harakat yo'nalishlari, axborot oqimlari sxemasining tahlili; hujjatlar almashuvi tizimini takomillashtirish; axborotni tasniflash va shartli belgilash tizimini mavjudligi va undan foydalanish; ma'lumotlar bazasini tuzish uslubiyotini bilish; axborotlar to'plamini kompyuter asosida tuzish. Texnik ta'minot Texnik ta'minot - axborot tizimi ishlashi uchun kerak bo'lgan texnik vositalar to'plamidir. Texnik vositalar to'plamiga quyidagilar kiradi: kompyuterlar; axborotni to'plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va chiqarish vositalari; ma'lumotlarni uzatish va aloqa vositalari; axborot olishni avtomatlashgan vositalari va orgtexnika; ishlatish materiallari va boshqalar. Matematik va dasturiy ta'minot Matematik va dasturiy taxminot - axborot tizimining maqsadini va vazifalarini bajaruvchi matematik usul, model, algoritm va dasturlar to'plamidir. Matematik ta'minotga quyidagilar kiradi: boshqaruv jarayonini modellashtirish qurilmalari; boshqaruvning namunaviy vazifalari; matematik dasturlash, matematik statistika va boshqa usullari. Dasturiy ta'minot umumtizim va maxsus dastur mahsulotlari hamda ularning texnik hujjatlaridan tashkil topgan. Umumtizimli dastur ta'minotiga operatsion tizimlar, namunaviy vazifalarni yechish uchun foydalaniladigan dasturlar kiradi. Maxsus dastur ta'minotiga esa axborot tizimi uchun alohida yaratilgan dasturlar to'plami kiradi. Texnik hujjatlarga dasturlarni yaratish uchun tuzilgan hujjatlar: topshiriqni qo'yish, algoritm tuzish topshiriqlari, vazifaning iqtisodiy - matematik modeli, nazorat misollari kiradi. tashkiliy taxminot tashkiliy ta'minot - axborot tizimini yaratish va undan foydalanish jarayonida xodimlar ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
124.84 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:11
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
124.84 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:11 ]
Arxiv ichida: docx