Axborot tizimlarining yashash davri

Axborot tizimlarining yashash davri

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot tizimlarining yashash davri - rasmi

Material tavsifi

Axborot tizimlariningyashash davri Reja: 1.Loyiha tushunchasi 2.Loyihalarning turkumlanishi 3.Loyihalarni boshqarish haqida umumiy ma'lumotlar 4.Loyiha turi 5.Resurslar Korporativ axborot tizimlarini ishlab chiqish, odatda aniq bir korxona uchun bajariladi. Korxonaning o'z predmeti sohasidagi faoliyati xususiyatlari so'zsiz olganda, axborot tizimiga ta'sir etadi, lekin shu bilan birga turli korxonaning tizimi umuman butunligicha o'xshashliklari ko'p. Har bir tashkilot, o'z faoliyatining qandayligiga bog'liqsiz ravishda, bir nechta qism bo'linmalardan iborat bo'ladi. Ular o'z navbatida u yoki bu tur faoliyatini amalga oshiradi. Bu vaziyat amalda barcha korxonalar uchun ularning faoliyati nima bilan shug'ullanishidan qatiy nazar to'g'ridir. Har bir tashkilotni o'zaro faoliyat ko'rsatuvchi elementlar(bo'linmalar) majmuasidan iborat deb qarash mumkin, bu bo'linmalarning har biri etarlicha murakkab tizimiga ega bo'lishi mumkin. Bo'limlar aro bog'lanish ham etarlicha murakkab bo'lishi mumkin.Umuman olganda, korxona bo'limlari orasida uchta bog'liklikni ajratish mumkin: 1) Funksional aloqalar - har bir bo'linma korxonaning yagona biznes-jarayon atrofida aniq bir ishlarni bajaradi; 2) Axborot aloqalari - bo'linmalar axborotlar bilan almashadi(hujjat, faks, xat va hakozolar); 3) Tashqi aloqalar - bazi bo'linmalar tashqi tizimlar bilan o'zaro faoliyatda bo'ladi, ular ham funksional va ham axborot ko'rinishida bo'lishi mumkin. Turli korxonalarning umumtizimlari KATZ qurishning biror yagona prinsiplarini shakllantiradi. Umumiy holda, axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonini ikki tamonlama ko'rish mumkin: 1) Ishlab chiquvchilar (yoki guruhi)faoliyatining mazmuni bo'yicha - bu berilgan holda ishlab chiqish jarayonining statistik aspekti ko'riladi.Ular ishning asosiy oqimi terminida ta'riflanadi(xatlanadi). Bunga bajaruvchilar, ish, ishlar ketma-ketligi va h.zolar kiradi; 2) Ishlab chiqilayotgan tizim yashash davrining vaqti va stadiyalari bo'yicha - bu berilgan holda ishlab chiqish jarayonining dinamik tashkili ko'riladi. Ular sikl, stadiya, iteratsiya va etaplar terminida ta'riflanadi(xatlanadi). Loyihalarni boshqarish haqida umumiy ma'lumotlar Korxona axborot tizimlari biror loyiha sifatida ishlab chiqiladi. Loyihani boshqarishning ko'pgina xususiyatlari va loyihani ishlab chiqish fazalari (yashash davrining fazalari) umumiy hisoblanib, faqatgina predmet sohasiga bog'lqsiz bo'lib qolmay, balki loyiha xarakteriga ham bog'liqsizdir (bu loyiha injener yoki iqtisodiymi ahamiyati yo'q ). Shuning uchun loyiha boshqarishning bir qator umumiy savollarini boshidanoq ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Loyiha tushunchasi Loyiha - bu boshidanoq aniqlangan maqsad bilan malum bir vaqtga nisbatan chegaralangan alohida tizimning maqsadga yo'naltirilgan o'zgarishidir. Bularga etishish loyiha yakunlanishini bildiradi, hamda muddat, natija, tavakkalchilik, vosita va resurslar ishlatilisha chegarasida, tashkiliy tizimga qo'yilgan talablar ham kiradi. Izoh -- Odatda qiyinroq tushunish uchun (xususan u loyiha bo'ladimi) bir qiymatlimano kiritish mushkul ishdir, yani bunda kiritilayotgan tushunchaning barcha parametrlarini to'la qamrab ololmaydi. Demak yuqorida keltirilgan ta'rifimiz yagonaligi va to'laqonlikka da'vogar bo'la olmaydi. -- Boshqarish obyekti sifatida loyihaning asosiy farqlanuvchi belgilarini ajratib ko'rsatish mumkin: 1) O'zgaruvchanlik - loyiha maqsadi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.06 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.06 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga