Axborot tushunchasi va uning ahamiyati

Axborot tushunchasi va uning ahamiyati

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot tushunchasi va uning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Axborot tushunchasi va uning ahamiyati Reja: Axborot tushunchasi; Axborotlarni uzatish; Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video; Axborot birliklari, axborotning o'lchov va hajm tushunchalari; Axborotning jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o'rni; Fayl tushunchasi va ularning turlari; Fayllar ustida bajariladigan amallar; Fayllarni konvertatsiya qilish; Axborot resurslari va axborot tizimlari; Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri. Axborot tushunchasi Axborot = ma'lumot+mano Axborotlarni uzatish Axborotlarni uzatish turli xil usullarda, yani xabarchi yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog'idan uzoq masofaga uzatish yordamida amalga oshiriladi. Aloqa tarmog'i bo'yicha uzoq masofaga uzatish usulida ma'lumotlarni uzatish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi. Axborot turlari Matn. Matn - bu ma'lumotlarni ifodalash shakli bo'lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Tasvir. Tasvir - bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni o'zida ifodalagan rasm bo'laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi va shunga o'xshash ma'lumotlar hisoblanadi. Animatsiya. Animatsiya malum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda malum vaqt oralig'ida, malum sondagi bir xil o'lchamga ega bo'lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Axborotning o'lchovi va hajm birliklari Har qanday mahsulotning o'lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga o'xshash axborotning ham o'lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir bit bu bitta 1 yoki bitta 0. Bunda signalning mavjudligi 1 bilan yoki yo'qligi 0 bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma'lumotlar sig'imini o'lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o'lchamlar mavjud: 1 Kb =1024 bayt, 1 Mb=1024 Kbayt, 1 Gb =1024 Mbayt, 1 Tb =1024 Gbayt. Fayl tushunchasi va ularning turlari Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan ma'lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o'z nomiga ega bo'lgan va tizimda saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo'lgan obyektdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, jo'natishi va yo'q qilishi mumkin. Xar bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat. Faylning atributlariga. Birinchi navbatda uning ismi, axborot turi, yaratilish kuni va vaqti, undan faydalanish usuli, uni ishlatishga ruxsat berish shartlari kiradi. Fayllar ustida bajariladigan amallar Fayllar o'z nomiga ega bo'lgan hamda o'zida axborotlarni jamlagan obyektdir. Shunday ekan, demak undan foydalanish jarayonida ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Bular: fayllarni yaratish; fayllarni nusxalash; fayllarni o'zgartirish; fayllarni uzatish; fayllarni o'chirish Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o'z vaqtida olingan to'g'ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To'g'ri sifatli axborot ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga