Axborot va jamiyat taraqqiyoti Reja: 1.Informatsion jarayonlar: asosiy tushunchalar talqini. 2.Axborotlashuv va jamiyat rivoji. 3. Axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish-dolzarb vazifa. Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og'zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma'lumot; XX asrning o'rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o'rtasidagi ma'lumot hamda hayvonlar va o'simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan. Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma'lumot (ma'lumotlar majmui)ni anglatadi. Axborotlashtnrish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o'z-o'zini boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro'yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladngan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yigish, qayta ishlash, to'plash, saqlash va tarqatish jarayoni. Axborot tnzimi (informatsion snstema)-informatsion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot tehnologiyalari majmui. Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arhiv, fond, ma'lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui. Ijtimoiy-siyosiy axborot- ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a'zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o'rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o'z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma'lumotlar va habarlar majmui. Ijtimoiy-siyosiy axborotlar insonlar o'rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni boshqarish, ilmiy, o'quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, targ'ibot va tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. To'laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV muhim rol o'ynaydi. Axborot madaniyati texnik-tehnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-tehnolognk jihatdai axborot madakiyati axborotni olish, qayta ishlash, saqlash va yetkazib berishga xizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlar tizimini anglatadi. Ijtimoiy-madaniy ma'noda axborot madaniyati insonning muayyan ma'naviy-axloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o'zlashtirgan holda axborot maydonida hayotiy faoliyat ko'rsatishini anglatadi. Axborot iste'moli madaniyati (O'zMU tadqikotchisi U.Qo'shaev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan tushuncha) axborot dunyosidan ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o'zida ifoda etadi. Axborotlashgan jamiyat-kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha. Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni «bosqichlar almashinuvi» nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq ho'jaligi, sanoat va xizmatlar iqgisodiyotidan keyin paydo bo'lgan iqtisodiyotning to'rtinchi - axborot sektori yuzaga kslishi bilan boglaydilar. Ularning fikriga ko'ra, industrial jamiyatning asosi bo'lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o'z o'rnini axborot va bilimga bo'shatib beradi. Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy o'zgarishlarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. g'arb sotsiologlari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
990.11 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
990.11 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc