Axborot va jamiyat RYeJA Axborot haqida tushuncha Axboriy jarayonlar va informatika fani Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha Vatanimizda informatikaning taraqqiyoti va istiqbollari 1 2 3 4 AXBOROT haqida TUShUNChA Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy obyektlar, shuningdek, ular o'rtasidagi o'zaro aloqa va o'zaro ta'sirlardan, yani jarayonlardan tashkil topgan. Sezish a'zolari, turli asboblar va xoka'zolar yordamida kayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma'lumotlar deb ataladi. ma'lumotlar aniq vazifalarni xal etishda zarur va foydali deb topilsa - axborotga aylanadi. Demak, ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko'ra foydalanilmayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa tuKrisidagi mavxumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tugilsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Demak, amaliyotda foydali deb topilgan, yani foydalanuvchining bilimlarini oshirgan ma'lumotlarnigina axborot deb atasa bo'ladi. ma'lumot Axborot Inson o'z hayotida tuKilgan kunidan (tabir joiz bulsa, xatto ona kornida dastlabki paydo bo'lgan kunidan) boshlab doimo ma'lumotlar bilan ish kuradi. Ularni uzining sezgi a'zolari orqali kabul qiladi. Kundalik turmushimizda biz axborot deganda atrof- muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sezgi a'zolarimiz orqali kabul qilib, anglab oladigan xar qanday ma'lumotni tushunamiz. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo'lib, kitob va gazetalar ukib, televizion kursatuvlar ko'rib, biz axborot olamiz. Matematik olim axborotni yanada kengrok tushunadi. U axborot katoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo'lgan bilimlarni xam kiritadi. boshqa soha xodimlari xam axborotni uzlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari xam borki, u xam bulsa beshta muhim xossaga ega bo'lishligidir. Bular axborotni yaratish, kabul qilish, saqlash , ishlov berish va uzatish xossalaridir. AXBOROT haqida TUShUNChA Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, etarliligi, aktualligi, o'z vaqtidaligi, anikligi, isxonarliligi, barqarorligi kabi asosiy istemol sifat ko'rsatkichlari bilan boKlikdir: a) axborotning reprezentativligi - obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni tuKri tanlash va shakllantirish bilan boKlikdir. b) axborotning mazmundorligi - semantik (mazmuniy) xajmini ifoda etadi. v) axborotning etarliligi (tulaligi) - karor kabul qilish uchun minimal, lekin etarli tarkibga (ko'rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. TuKri karor kabul qilish uchun tulik bo'lmagan, yani etarli bo'lmagan, xuddi shuningdek, ortikcha bo'lgan axborot xam foydalanuvchining kabul kilgan karorlari samaradorligini kamaytiradi. g) axborotning aktualligi (dolzarbligi) - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun kimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o'zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo'lgan vaqtdan buyon utgan vaqt oraliKiga boKlik bo'ladi. d) axborotning o'z vaqtidaligi - uning avvaldan belgilab qo'yilgan vazifani xal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
278.2 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
278.2 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: ppt