Reja: 1.o'quv moduli birliklari 2. boshqaruv jarayonini axborot bilan ta'minlash 3. boshqaruv texnikasi tushunchasi va klassifikatsiyasi Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari (talabaning vazifalari).Talaba bu mavzuni o'zlashtirgandan so'ng quyidagilarni biladi: boshqaruv jarayonidagi axborotlar to'g'risida tushunchaga ega bo'ladi; boshqaruv jarayonini axborot bilan ta'minlashni o'rganadi; boshqaruv texnikasi turlari va ularning klassifikatsiyasini o'rganadi, shamda ularni tashlil qiladi. mavzuga taalluqli bo'lgan huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mazmun-moshiyati to'g'risida tushunchaga ega bo'ladi. Boshqaruv jarayonini axborot bilan ta'minlash. Informatsiya axborot - atamasi lotincha so'z bo'lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo'lish manosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta'sir etish uchun zarur ma'lumotlar yig'indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay boshqarish mumkin emas. Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasida aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to'g'risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Axborot boshqaruv tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga qator o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustaqkamlash usulidir. Axborot xajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi. Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga etkazishdan iborat. Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtisodiy, hisob, moliya, ta'minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o'rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish , taqsimlash, ayirboshlash va istemol qilish jarayonidagi mnosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham takidlab o'tish lozim. Kelib chiqish manbaasiga bog'liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo'linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo'ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqida axborotlar kiradi. Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo'g'inida shakllanib, istemol qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga tsexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy ta'minot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mumkin. Yo'nalishi bo'yicha axborot - boshlanqich va boshqaruvchi (rahbarlik) axboroti turlariga bo'linadi. Rahbarlik axboroti boshlang'ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish natijasidir. Boshlang'ich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo'nalishda harakatlanadi. Axborot ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc, zip
Fayl hajmi
36.26 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc, zip
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc, zip
Fayl hajmi
36.26 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc, zip