Axborot va tizimning o'z-o'zini tashkil qilishi

Axborot va tizimning o'z-o'zini tashkil qilishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot va tizimning o'z-o'zini tashkil qilishi - rasmi

Material tavsifi

Axborot va tizimning o'z-o'zini tashkil qilishi Reja: O'z-o'zini tashkil qilish, o'z-o'zini tashkil qiluvchi tizim; Sinergetika aksiomalari, I. Prigojinning sinergetik tamoyillari O'z-o'zini tashkil qilish - bu tasnifni tizim atrofi bilan malum maqsadda o'zaro harakat natijasida, tizimning ichki resurslari hisobiga fazoviy, vaqtga bog'liq, informatsion yoki funksional tashkil qilishidir (aniqrog'i, yangi tasnifni tashkil qilishga, yaratishga intilish). Agar, tizim malum maqsadsiz tashqaridan bo'ladigan ta'sirsiz (tizim tasnifini yaratish yoki o'zgartirish maqsadida) fazoviy, vaqtga bog'liq, informatsion yoki funksional tasnifga ega bo'lsa, u o'z-o'zini tashkil qiluvchi bo'ladi. O'z-o'zini tashkil qilish (ochiq yoki ochiqmas) murakkab ochiq tizimlarda kuzatiladi. O'z-o'zini tashkil qilishga atribut-boshqarish xos. Tizimni avtomatik o'z-o'zini tashkil qilish bo'lmaydi, buning uchun boshqaruvchi ta'sirlar zarur. O'z-o'zini tashkil qilish tizim rivojlanishining, evolyutsiyasining mumkin bo'lgan yo'lidir. Bu tizimning, nisbatan bo'lsa ham, tartibga solish uchun bo'ladigan harakat yo'lidir. Tizim barqarorligi - bu uning o'z harakatini (resurslar istemolining, uzoq vaqtgacha o'z-o'zini quvvatlay oladigan va o'z-o'zini yo'naltiradigan darajasida) traektoriya bo'yicha saqlash qobiliyatidir. Tizim samaradorligi - tizimning qandaydir resurs ta'minotiga xarajatlar - yangi resurslarning kelib tushish hajmi munosabat turi kabi samaradorlik mezonini (global-potentsial yoki lokal-real) optimallash qobiliyatidir. Strategik rejalashtirish - asosiy masalalarni (resurslar taqsimoti, tashqi faktorlarning, ichki koordinatsiyaning va mobilizatsiyaning o'zgarishiga moslashish, tashkiliy strategiya va maqsadlarni anglashni) amalga oshirish uchun boshqaruvchi qarorlar qabul qilishga yordam beradigan asbob. Koevolyutsiya - tizim yoki butun ichida qismlarning o'zaro asoslangan o'zgarishi. (Bu global evolyutsiya tamoyili.) Tizimning atrof muhit sharoitlarining egiluvchan o'zgarishiga javob ko'rinishida paydo bo'ladigan sakrash tarzidagi, destabilizirlovchi o'zgarishlari haloqatlar (katastrofa) deyiladi. Bu o'zgarishlar tasodifiy, ishonchli aniqlik bilan prognoz qilib bo'lmaydigan, ular muhit shartlarining suratlariga nisbatan keskin. Informatsion dinamik jarayonlarning asosiy aksiomalari (informatsion sinergetiklar): Aksioma 1. Tizimning rivojlanishi (evolyutsiyasi) uning qandaydir maqsad va informatsion resurslari, informatsion ochiqligi bilan aniqlanadi. Aksioma 2. Maqsadga intilishda, tizimning ichki tasnifini, tizim ichidagi axborotni o'zgartirishda ham ishlatiladigan, kiruvchi axborotni tizim qabul qiladi. Aksioma 3. Tizim ichidagi axborotning o'zgarishi shunday tarzda amalga oshadiki, bunda tizimning negentropiyasi (tartib me'yori) o'sishi uchun, tizimda entropiya (tartibsizlik me'yori) kamayadi. Aksioma 4. Tizim ichki tasnifidagi yoki tizim ichidagi axborotning ixtiyoriy o'zgarishi tizimning chiqishidagi axborotga (yani tizimning atrof muhitiga) ta'sir o'tkazadi, ichki entropiya tizimning tashqi entropiyasini o'zgartiradi. Sinergetika - yangi sifat xossalarining va tasniflarining paydo bo'lish nazariyasi bo'lgani uchun, mazmunning (interpretatsiya va xabarni tushunish) paydo bo'lishi esa hamma vaqt tizimdagi sifat o'zgarishlariga bog'liq bo'lgani uchun, informatsion o'z-o'zini tashkil qilish haqida gapirish mumkin. Axborot - sinergetik muhit, uning yordamida butun tizim, uning alohida ichki tizimlari quvvatlanadi va tizim qanday rivojlanishi haqidagi axborotni ajratiladi(generirlanadi). Tizimlarda axborotning paydo bo'lishi uchun muhim shart uning ochiqligidir. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.24 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.24 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga