Reja: 1.«Axborot» tushunchasi va ta'rifi 2.Axborotning tizimda aylanish bosqichlari 3.Axborot jarayonlar, tizimlar va texnologiyalari «Axborot» atamasi lotincha informatio so'zidan kelib chiqib, tushuntirish, bildirish, ish mazmunini bayon etish tushunchalarini beradi. Materialistik falsafa nuqtai nazaridan qaralsa, axborot moddiy olamning axborot (ma'lumot)lar asosidagi aksidir. Axborot (ma'lumot) - bu axborotni tasavvur etishning so'z, matn, tasvir, raqamli ma'lumotlar, grafiklar, jadvallar va h. orqali ifodalanish shakli. Keng manoda axborot insonlar, insonlar bilan texnik qurilmalar, jonli va jonsiz tabiat orasidagi signal almashinuvini o'z ichiga oladigan umum ilmiy tushunchadir. Shunday ekan, endi axborotga umumiy ta'rif berishimiz mumkin. Axborot - atrof-muhit obyektlari va ro'y berayotgan hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlar, ularning parametrlari, xossalari va holatlari xususidagi axborotdir. Axborotning xossa va holatlari uning aniqlik darajasini, bilimlarining to'laligini ko'paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner o'zining asarida «axborot - bu materiya emas, energiya emas, bu - axborot» deb yozadi. Aytib o'tish joizki, axborot doimo moddiy-energetika shaklida signal ko'rinishida namoyon bo'ladi. Texnika vositalari yordamida qabul qilish, saqlash, uzatish, qidirish va ishlov berish mumkin bo'lgan shakliga keltirilgan har qanday axborotni «ma'lumot» deb ataymiz. «Axborot» va «ma'lumot» «Informatika» fanining asosiy tushunchalari hisoblanadi. «Bu tushunchalar orasida farq bormi?» degan savol tug'ilishi tabiiy. «Informatika» fani axborotga o'zaro bog'langan, atrof - muhit obyektlari yoki holatlari xususida xabarlar, ma'lumotlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Agar, ma'lumot obyektlar bo'yicha noaniqlikni to'ldirsa, unda u axborotga aylanadi. Demak, foydalanilgan ma'lumotlarni axborot deb tasdiqlash mumkin. Misol. Do'stingiz bir varaq qog'ozga o'nta telefon tartib raqamini o'nlik sonlar ketma - ketligida yozib, Sizga ko'rsatdi, deylik. Siz ko'rsatilgan raqamlarni ma'lumot sifatida qabul qilasiz. Chunki, Siz bu raqamlardan foydalanolmaysiz. Agar do'stingiz telefon tartib raqamining to'g'risiga firmaning nomi va faoliyat turini yozsa, unda Siz uchun bu ma'lumotlar axborotga aylanadi, chunki kelgusida undan foydalanish mumkin. Axborot bilan ishlaganda uning manbasini va foydalanuvchi (qabul qiluvchisi) borligini esda tutish lozim. ma'lumotlarni axborot manbasidan foydalanuvchiga uzatilishini taminlovchi yo'llar va jarayonlar axborot kommunikatsiyalar deb yuritiladi Foydalanuvchi uchun axborotning muhim xarakteristikalaridan biri - uning adekvatligi hisoblanadi. Axborotning adekvatligi - olingan axborot yordamida yaratilgan obraz (qiyofa) ning real obyekt, jarayon, hodisa va sh.o'.larga mosligining malum darajasi. Malumki, haqiqiy hayotda axborotning to'la ravishda adekvat bo'lishiga ishonish qiyin. Chunki, doimo qaysi bir darajadagi noaniqlik uchrab turadi. Axborotning adekvatligi darajasi masalani yechishida to'g'ri yo'l tanlashga katta ta'sir qiladi. Misol. Siz o'rta maktabni muvaffaqiyatli bitirdingiz va «Informatika va axborot texnologiyalar» yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumot olmoqchisiz. Do'stlaringiz bilan shu xususda gaplashganda Siz oliy o'quv yurtlari to'g'risida turlicha ma'lumot olasiz, lekin olingan ma'lumotlar to'g'ri xulosa chiqarishingiz uchun etarli emas, chunki axborot ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.36 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.36 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: doc