Axborot va uning turlari. Axborotni o'lchash va tasvirlash Axborot tushunchasi; Axborotlarni uzatish; Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video; Axborot birliklari, axborotning o'lchov va hajm tushunchalari; Axborotning jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o'rni; Fayl tushunchasi va ularning turlari; Fayllar ustida bajariladigan amallar; Fayllarni konvertatsiya qilish; Axborot resurslari va axborot tizimlari; Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri. Axborot = ma'lumot + ma'no Matn. Matn - bu na'lumotlarni ifodalash shakli bo'lib, u mazmunan yagona , yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn - hujjat asosidir Tasvir. Tasvir - bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni o'zida ifodalagan rasm bo'laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi va shunga o'xshash ma'lumotlar hisoblanadi. Animatsiya. Animatsiya - ma'lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma'lum vaqt oralig'ida, ma'lum sondagi bir xil o'lchamga ega bo'lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Har qanday mahsulotning o'lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga o'xshash axborotning ham o'lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir bit bu bitta 1 yoki bitta 0. Bunda signalning mavjudligi 1 bilan yoki yo'qligi 0 bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. SHuningdek katta hajmdagi ma'lumotlar sig'imini o'lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o'lchamlar mavjud: 1 Kb =1024 bayt, 1 Mb=1024 Kbayt, 1 Gb =1024 Mbayt, 1 Tb =1024 Gbayt. Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan ma'lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o'z nomiga ega bo'lgan va tizimda saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo'lgan obyekdir. Foydalanuvchi faylni yaratishi, jo'natishi va yo'q qilishi mumkin. Har bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat. Faylning atributlariga. Birinchi navbatda uning ismi, axborot turi, yaratish kuni va vaqti, undan foydalanish usuli, uni ishlatishga ruxsat berish shartlari kiradi. Axborotlarni uzatish turli xil usullarda, ya'ni xabarchi yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog'idan uzoq masofaga uzatish yordamida amalga oshiriladi. Aloqa tarmog'i bo'yicha uzoq masofaga uzatish usulida ma'lumotlarni uzatish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi. Fayllar o'z nomiga ega bo'lgan hamda o'zida axborotlarni jamlagan obyektdir. SHunday ekan, demak undan foydalanish jarayonida ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Bular: fayllarni yaratish; fayllarni nusxalash; fayllarni o'zgartirish; fayllarni uzatish; fayllarni o'chirish Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o'z vaqtida olingan to'g'ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To'g'ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo'lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek farzandlari sog'lom ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:00:37
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:12
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:00 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:12 ]
Arxiv ichida: ppt