Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida o'qitish va xabardor etishni ta'minlash

Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida o'qitish va xabardor etishni ta'minlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida o'qitish va xabardor etishni ta'minlash - rasmi

Material tavsifi

Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida o'qitish va xabardor etishni ta'minlash Reja: Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida o'qitish va xabardorlikni oshirish Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida hodisalarni aniqlash Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida hodisalar hisobotini yuritish Axborot xavfsizligi insidentlari sohasida o'qitish va xabardorlikni oshirish Axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarish - nafaqat texnik vositalarni, balki xodimlarni ham o'z ichiga oladigan jarayondir, demak, bu jarayon tashkilotda ishlash uchun tegishli tayyorgarlikdan o'tgan va axborot xavfsizligi masalalaridan xabardor shaxslar tomonidan qo'llabquvvatlanishi lozim. tashkilotning barcha a'zolarining xabardorligi va ishtiroki axborot xavfsizligi hodisalarini boshqarishga tizimli yondashuvni muvaffaqiyatli ta'minlash uchun muhim. Foydalanuvchilar bu jarayonda ishtirok etishi lozim bo'lsa ham, agar ular axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishga tizimli yondashuvdan o'zlari va bo'linmalari qanday foyda ko'rishlari haqida xabardor bo'lmasalar bunday ishtirokning samaralilik ehtimoli kam bo'ladi. Axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishga tizimli yondashuvning eksluatatsion samarasi va sifati bir qator omillarga, shu jumladan, insidentlar haqida xabar berish majburiyati, hisobot sifatida, foydalanishning osonligi, tezlik va o'qitishga bog'liq. Bu omillardan ayrimlari foydalanuvchilar axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishning ahamiyatini bilishlarini va insidentlar haqida xabar berishga tayyorligini nazarda tutadi. Axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishning roli o'qitish va axborot xavfsizligi masalalarida xabardorlikni ta'minlash umumiy dasturining bir qismi sifatida faol qo'llab-quvvatlanmog'i lozim. Xabardorlikni ta'minlash dasturi va tegishli material barcha xodimlar, shu jumladan, ya'ni xodimlar, uchinchi tashkilotlar va pudratchilarning foydalanuvchilari uchun foydalana olinadigan bo'lishi lozim. Kontakt posiziyasi (KP), axborot xavfsizligi insidentlariga ta'sir etish xizmati (AXITX) a'zolari, zarurat bo'lganda esa - axborot xavfsizligi uchun mas'ul xodimlar va ma'murlar uchun maxsus o'qitish dasturi bo'lishi lozim. Insidentlarni boshqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi har bir guruh a'zosi uchun uning axborot xavfsizligi insidentini boshqarish sxemasidagi ishtirokining turi, darajasi va hajmidan kelib chiqqan holda har xil tayyorgarlik darajasi kerak bo'lishi mumkin. Xabardorlikni ta'minlash bo'yicha tezkor majlis quyidagilarni qamrab olishi lozim: a) tashkilot va uning xodimlari uchun axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarishga tizimli yondashuvdan kelib chiqadigan afzalliklar; b) axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarish sxemasining ishlash asosari, shu jumladan uning harakatlari doirasi va axborot xavfsizligi insidentlari, hodisalari va zaifliklarini boshqarish bo'yicha ishlar texnologiyasi; axborot xavfsizligi hodisalari, insidentlari va zaifliklari haqidagi hisobotlar usullari; insident to'g'risida mavjud ma'lumotlar va axborot xavfsizligi hodisalariinsidentlarizaifliklari ma'lumotlar omborida olingan ma'lumotlar; e) manbalar maxfiyligini ta'minlash mexanizmlari (zarurat bo'lganda); f) sxema xizmatining darajalari bo'yicha kelishuv; g) faoliyat natijalari haqida hisobot yuritish - manbalar qanday shartlarda xabardor qilinadi; h) oshkor qilmaslik to'g'risidagi kelishuvlardan kelib chiqadigan har qanday cheklovlar; i) axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarish tashkilotining vakolatlari va uning hisobot beruvchi liniyasi; j) axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarish tizimi hisobotlarini oluvchilar. Ayrim xollarda axborot xavfsizligi insidentlarini boshqarish bo'yicha xabardorlikni ta'minlash ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga