Axborot xavfsizligi intsidentlarini tergov etish. Axborot xavfsizligi intsidentlari dallilarini saqlash Reja: Axborot xavfsizligi intsidenti tergovi tushunchasi va sodir etganlik uchun javobgarliklar Axborot xavfsizligi intsidentlarini tergov qilish jarayonidagi qarshiliklar Intsident sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish va dallilarini to'plash hamda saqlash Axborot xavfsizligi intsidenti tergovi tushunchasi va sodir etganlik uchun javobgarliklar Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalarining tarqalishi odatiy holga aylanib, bugun biror-bir korxona yoki tashkilot faoliyatini kompyuter vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ular yangi va yangi faoliyat doiralariga joriy qilinmoqda, ular zimmasiga yanada ahamiyati, jiddiyroq bo'lgan masalalar yuklatilmoqda. Ammo dunyo miqyosida tobora kengayib borayotgan ilmiy-texnikaviy rivojlanish jarayonlari bilan bir qatorda, ilgari mavjud bo'lmagan jinoyatlarning turlari, shakllari va ko'rinishlari yuzaga kelmoqda, yani axborot texnologiyalari sohasi bilan bog'liq jinoyatlar vujudga kelib, ularning soni ham, turi ham ortib bormoqda. Ushbu holat, o'z navbatida, qonun chiqaruvchidan kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rishni talab qildi. Binobarin, bu borada mamlakatimizda ko'pgina ishlar bajarildi va axborot tizimlari sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash faoliyatini tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida» gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi, «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining «Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to'g'risida»gi qarori 5 va boshqalar shular jumlasidandir. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrdagi qonuni bilan ilk bor milliy jinoyat qonunchiligimiz, yani Jinoyat kodeksi Maxsus qismi XX-bobida axborot texnologiyalari sohasidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi jinoiy-huquqiy normalar kiritildi. Jinoiy jazo nazarda tutilgan normalarga: axborotlashtirish qoidalarini buzish (2781-m); kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish (2782-m); kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab tayyorlash yoxud o'tkazish va tarqatish (2783-m); kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish (2784-m); kompyuter sabotaji (2785-m); zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish (2786-m) kiradi. Shunday qilib, axborot texnologiyalari sohasidagi munosabatlar jinoiy-huquqiy himoyaga ega bo'lib, buning oqibatida yopiq (konfidentsial) axborotlar jinoyatning yangi obyekti sifatida shakllandi. Ushbu jinoyatlarni o'ziga xosligini inobatga olgan holda tergov qilish metodikasini ishlab chiqish - bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo'lib turibdi. Jinoyat protsessida ko'zdan kechirish tergov harakati eng muhim va jinoyat bo'yicha eng ko'p axborot to'play olish imkonini beradigan tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, tergov harakatiga axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassisni jalb qilish imkoni bo'lmaganida intsident joyida tergovchining alohida etibor berishi lozim bo'lgan holatlar va tergov-tezkor guruhi rahbari sifatida amalga oshirishi lozim bo'lgan vazifalari yoritilgan. Axborot xavfsizligi intsidentlarini tergov qilish jarayonidagi qarshiliklar Axborot xavfsizligi intsidentlarini tergov qilish darajasida buzg'unchi tomonidan qarshiliklarga uchrash mumkin. Bunday harakat bir tomonlama yo'naltirilgan yoki umumiy ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.12 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.12 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: doc