Axborot xavfsizligi tizimlari. Kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligi muammolari. Axborot jaroyonlarida axborot havfsizligini qo'llash Korporativ tarmoqlar Ko'pchilik tashkilotlar, himoyalanish maqsadida o'zlarining individual korporativ tarmoqlarini yaratadilar ( harbiy, bank va boshqa sohalarda). Korporativ tarmoqlar minglab turli davlatlarda joylashgan kompyuterlarni bog'lashi mumkin. Lоkal tarmоq topologoiyasi Kompyuterlarning mantiqiy va fizik bog'lanish usullari tarmoq topologoiyasi deyiladi. Tarmoq topologiyalarining quyidagi turlari keng tarqalgan: Chiziqli tarmoq. Bu tarmoq ikkita tugash tuguniga ega, ikkita ixtiyoriy tugun o'rtasida bitta ulash yo'li mavjud. Aylanasimon tarmoq Bu tarmoqda har bir tugunga ikkita yo'l ulangan bo'ladi. Yulduzsimon tarmoq Faqat bitta oraliq tuguniga ega bo'lgan tarmoq. Daraxtsimon tarmoq Bu tarmoq ikkitadan ko'p tugash tuguni mavjud bo'lib, ikkita tugun o'rtasida faqat bitta yo'l bor. Yacheykali tarmoq Bu tarmoq kamida ikkita tugunga ega bo'lib, ular ikkita va undan ortiq yo'lga ega bo'lishi mumkin. Internetga ulanishning uchta turi mavjud: Assimmetrik raqamli abonent liniyasi (maxsus kabellar). 2. Dial-Up, ADSL. 3. Wi-Fi (Wireless Fidelity). Tarmoqning adresatsiyasi Internet yoki har qanday boshqa TCPIP li tarmoqlarga ulangan har bir kompyuter bir -birini «tushunadigan» bo'lishi kerak. Internetdagi biron bir kompyuter bilan bog'lanish uchun unikal Internet-adresini bilishimiz lozim. Adreslarning ikki xil formatlari mavjaud, ular :IP-adres va DNS-adreslardir. IP manzilning ushbu tuzilishiga asosan har xil tarmoqlardagi kompyuter nomerlari bir xil bo'ladi. Shuni aytish joizki, manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun tushunarli bo'lsada, foydalanuvchi uchun aniq ma'lumotni bermaydi. Shuning uchun ham kundalik hayotda odatda adreslashning domen usuli foydalaniladi. Internetda kompyuter tarmoqlari (KT) Internet manzili yoki aniqrog'i IP-manzilini belgilash bilan aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda va har biri 8 bitdan iborat to'rt qismdan tashkil topgan va har bir qismi 0 dan 255 gacha bo'lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nuqta orqali ajratiladi. Masalan, 232.25.234.156 yoki 147. 120. 3. 28 lar IP da ikkita har xil manzilni belgilaydi. Agar siz DNS - adres kiritsangiz, u avval nomlar serveriga yuboriladi, bu server ushbu adresni mashina anglay olishi uchun 32 bitli IP - adresga o'giradi. DNS nomlar odatda uchta tashkil etuvchilardan tashkil topadi ( ularning soni ko'proq bo'lishi ham mumkin). Domen tizimi ierarxik strukturaga egadir: yuqori sath domenlari, ikkinchi sath va h.k. sath domenlari. Yuqori sath domenlari ikki xil bo'ladi: geografik (ikkita harfli - har bir davlat o'zining kodiga ega) va administrative (uchta harfli). Geografik belgilar bo'yicha: .uz O'zbekiston .ru Rossiya .kz Qozog'iston Administrative belgilar bo'yicha: .edu (education) ta'lim muassasalari; .com (comertial) tijorat muassasalari; .org (organization) savdo-sotiq bilan bog'liq bo'lmagan (davlat) muassasalari; Internet qaydnomalari Internetda ishlatiladigan asosiy protokollari: TCP IP SMTP FTP HTTP ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.77 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.77 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:13 ]
Arxiv ichida: pptx