Axborot xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar, hujumlar va zaifliklar

Axborot xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar, hujumlar va zaifliklar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar, hujumlar va zaifliklar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Axborot xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar, hujumlar va zaifliklar Reja: Axborot xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar Tasodifiy tahdidlar Maqsadli tahdidlar Axborot xavfsizligiga bo'ladigan hujumlar va zaifliklar Axborot xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlar Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang'ich bosqichida viruslar va kompyuter hujumlarining boshqa turlari ta'siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog'likligi katta emas edi. hozirda, hujumlar sonining doimo o'sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog'likligi sharoitida mashina vaqtining yo'qolishiga olib keluvchi xatto ozgina hujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi. Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo'qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi obyektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo'ladigan keng tarqalgan tahdidlarni tahlil qilamiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) bo'lishi mumkin. Bunday ajratish to'g'ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, o'g'irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo'ladi. Bo'lishi mumkin bo'lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni taminlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi. Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda kompyuter muhiti duchor bo'ladigan xavf-xatar baholanishi va zarur choralar ko'rilishi zarur. Ravshanki, himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko'rish uchun tashkilotning sarf-xarajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash bo'yicha hech qanday choralar ko'rilmaganida kutiladigan yo'qotishlardan oshib ketmasligi shart. Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muhiti ikki xil xavf - xatarga duchor bo'ladi: 1. ma'lumotlarni yo'qotilishi yoki o'zgartirilishi. 2. Servisning to'xtatilishi. tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq, odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin. Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi. 2.1-rasmda korporativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo'yicha statistik ma'lumotlarni tasvirlovchi aylanma diagramma keltirilgan. 2.1-rasm. Xavfsizlikning buzilish manbalari Axborot xavfsizligiga tahdidlar Tasodifiy tahdidlar Maqsadli tahdidlar Faloqatlar va avariyalar Texnik vositalarning ishdan chiqishi va to'xtab qolishi AKT ishlab chiqishdagi xatoliklar Algoritmik va dasturiy xatoliklar Xizmatchi xodimlar va foydalanuvchilar xatolari an'anaviy josuslik va quporuvchilik Axborotdan ruxsatsiz foydalanish Elektromagnit nurlanish va ta'sirlar Tizimga ruxsatsiz kirish Zararli dasturlar Axborot xavfsizligiga tahdidlar turlari maqsadli harakatlarga bog'lik bo'lmagan, qandaydir vaqtlarlarda sodir buladigan xavflar tasodifiy tahdidlar deb ataladi. Tasodifiy tahdidlar Maqsadli tahdidlar maqsadli harakatlarga bog'lik bo'lgan, inson fakotriga bog'liq holda sodir buladigan xavflar maqsadli tahdidlar deb ataladi. Barcha xujumlar Internet ishlashi prinsiplarining qandaydir chegaralangan soniga asoslanganligi sababli masofadan bo'ladigan namunaviy xujumlarni ajratish va ularga qarshi qandaydir kompleks choralarni tavsiya etish mumkin. Bu choralar, haqiqatan, tarmoq xavfsizligini ta'minlaydi. Internet protokollarining mukammal emasligi sababali tarmoqdagi axborotga masofadan bo'ladigan asosiy namunaviy xujumlar quyidagilar: - tarmoq trafigini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga