Axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari Reja: 1. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari. Boshqaruvning axborot tizimi 2. O'zbekiston Respublikasida ma'lumotlarni himoyalashning me'yoriy- huquqiy va qonunchilik asoslari 3. Axborot -huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta'minotini jadallashuvi, tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma'lumotlarni muntazam yig'ib borilishi, uning o'z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish kompyuter texnikasini joriy etishga, ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va uning asosida ma'lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog'liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta'minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko'nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta'minlanadi. Zamonaviy mutaxassisni malakasi shu bilan belgilanadiki, u shaxsiy kompyuter ishlashining asosiy tamoyili va qurilmalarini tushunishi, ma'lumotlarni yig'ish, saqlash va qayta ishlashning, jumladan telekommunikatsiya (kompyuter tarmog'i) ning zamonaviy tamoyillarini bilishi zarur. Boshqaruv axborotlarining kompyuterda matn protsessorlari va grafik muharrirlar yordamida qayta ishlanishi elektron hujjatlar tayyorlashga, ularni saqlash va kompyuter tarmoqlari orqali uzatishga ketgan mehnat xarajatini qisqartirib, mehnat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli har bir xodim uchun matnlar, rasmlar va jadvallarni matn muharrirlari yordamida qayta ishlash imkoniyatlari va ulardan foydalanish ko'nikmalariga oid bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunoslar o'zining amaliy faoliyatida faqat aniq yuridik faktlar bilangina emas balki yuridik jihatdan ahamiyatli bo'lgan hodisa va jarayonlar bilan ishlashlashlariga to'g'ri keladi. Ularning statistik tahlili huquqshunoslar faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi. Mutaxassis ishining samarasi, uni ish vaqtini qanchalik ratsional sarflanayotganligiga bog'liq bo'lsa, huquqiy axborot tizimlaridan (LexUZ, Pravo, Norma) foydalanish esa vaqtni imkon qadar kam sarflashga va huquqiy aktlarni qidirish uchun zarur bo'lgan harakatlarni qisqartirishga olib keladi. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari. Boshqaruvning axborot tizimi O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrida qabul qilingan Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi Qonunida quyidagilar asosiy tushunchalar keltirilgan: - axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlar; - axborot mulkdori - o'z mablag'iga yoki boshqa qonuniy yo'l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; - axborotni muhofaza etish - axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora- tadbirlari; - axborot sohasi - subyektlarning axborotni yaratash, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog'liq faoliyati ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.68 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.68 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: doc