O'zbekiston RespublikaSI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT TA'LIM YO'NALISHI 1-KURS SHBA-74 GURUHI TALABLASI Ergashev Javohir Elmurod o'g'lining IQTISODIYOTDA INFORMAYSION KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Axborot xavfsizligini ta'minlash usullari Topshirdi Qabul qildi Reja: 1.Fannining predmet va vazifalari. 2. Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha. 3.Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari. 4. Axborot texnologiyalarining tasnifi. 5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining ahamiyati. Fannining predmet va vazifalari Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyoda tatbiq qilinishidir. Xalq xo'jaligining rivoji o'z navbatida yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning asosiy quroli bo'lib, o'zining algoritmik va programma ta'minotiga ega bo'lgan kompyuterlar Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan bo'lsa, kompyuter va sun'iy intellekt vositalarning paydo bo'lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy - texnika rivojining hozirgi bosqichi ko'pincha kompyuter inqilobi deb yuritiladi. Elektron hisoblash texnikasining, ayniqsa, mikrokompyuter vositalarining tez rivoji o'ziga xos yangi ilmga turtki berdi. Hozirgi paytda informatika faniga ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash va boshqarish bilan bog'liq bo'lgan yangi ilmiy yo'nalish sifatida qaralmoqda. Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog'lash imkonining vujudga kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan qog'ozsiz informatikaning imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha sohalariga o'z amaliy ta'sirini o'tkazmoqda. Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, faqat mutaxassisoperatorlar bu EHM-larda ishlagan bo'lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo'lgan qurilma bo'lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma'lumotlar va bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta'minlaydi. Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir: -ishlab chiqarishni to'liq avtomatlashtirish va robotlashtirish; -ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish; -tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo'llash; -maktablar, kollejlar, oliy o'quv yurtlarida o'qitish va kadrlar tayyorlashni kompyuterlashtirish; xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tatbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bo'lishi informatikani tatbiq etish va kompyuter bo'yicha savodsizlikni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo'ldi. Hozirgi zamon kompyuterlariga bo'lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo'llanishi loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo'llanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz mumkin. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
93.8 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
93.8 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: docx