Axborot. YAATning O'zbekiston taraqqiyotidagi ro'li

Axborot. YAATning O'zbekiston taraqqiyotidagi ro'li

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborot. YAATning O'zbekiston taraqqiyotidagi ro'li - rasmi

Material tavsifi

Axborot. YAATning O'zbekiston taraqqiyotidagi ro'li XX asr o'rtalariga kelib biz tezkor mashina mexanizmlardan foydalana boshladik, murakkab texnika va texnologiyalarni o'ylab topdik. Ko'pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi, hamda bu axborotlarni yig'ish va uzatish vositalarni yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo'lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo'lib qolgan. Ko'pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni kompyuterda ishlashga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Biz bilamizki, Kibernetikadagi algoritm tushunchasi bobokalonimiz Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy ismi-shariflaridan yuzaga kelgan. Kibernetika va informatika sohalarida bilim olgan, kompyuter bilan do'stlashgan o'quvchilarimiz mustaqil mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida jonbozlik qilganlar deb isxonaman. O'zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo'nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvafaqqiyatli olib borilayotganligi bilan xaqli ravishda faxrlana oladi. Informatika-keng ma'noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida, asosan, kompyuterlar va telekommunikatsion aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-hil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi. Informatikani tom ma'noda o'zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (braimware) sifatida tasavvur etish mumkin. Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan obyektlarni boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta'minlash metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri - axborot tizimlarini nima ekanini, ular qanday tuzilmaga ega bo'lishi lozim, qanday ishlashi, uning uchun qanday qonuniyatlarga hos ekanligini aniqlashdan iborat. Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi: - axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o'rganish (axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, tarqatish); - inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion -axborot modellarini yaratish; - aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va boshqalarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash. Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - istalgan ko'rinishdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; - axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish; - jamiyat hayotining barcha sohalarida kopyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik asoslarini yaratish, tadbiq etish va ta'minlash. Hozirgi davrni informatikasiz tasavur etib bo'lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi - axborotdir. Informatika fani axborotga hodisalar va obyektlar to'g'risidagi tasavvurlarimizni o'zgartiruvchi, o'zaro konseptual bog'liq ma'lumotlar, ko'rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham keng qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan: Axborot - xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari iste'mol etuvchi zaxira bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga