Axborotlar kompleksida xavfsizlikni tashil etish jarayonlari

Axborotlar kompleksida xavfsizlikni tashil etish jarayonlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborotlar kompleksida xavfsizlikni tashil etish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Axborotlar kompleksida xavfsizlikni tashil etish jarayonlari Reja: Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari va uning tasnifi Axborot xavfsizligining tashkiliy-ma'muriy ta'minoti Kompyuter viruslari, ularning klassifikatsiyasi va ular bilan kurashish mexanizmlari 4.Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari va uning tasnifi Axborot xavfsizligiga kirish Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalarida sezilarli o'zgarishlarni olib kirmokda. hozirda axborot tushunchasi sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo'lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmokda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko'p xollarda uning o'zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmokda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, kasddan uzgartirishdan, uni ugirlashdan, yo'qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tugiladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishning yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog'liq qilib kuyadi. X,akikatan, kompyuter tizimlarining keng kulamda ishlatilishi doimo usib boruvchi axborot xajmini ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon bersada, bu jarayonlarni agressiv ta'sirlarga nisbatan ojiz qilib kuyadi va, demak, axborot texnologiyalardan foydalanuvchilar oldida yangi muammo-axborot xavfsizlik muammosi kundalang buldi. Xavfsizlik muammosi, aslida, yangi muammo emas, chunki xavfsizligini ta'minlash xar qanday tizim uchun, uning murakkabligi, tabiatidan kat'iy nazar, birlamchi vazifa hisoblanadi. Ammo, himoyalanuvchi obyekt axborot tizimi bulsa, yoki agressiv ta'sir vositalari axborot shaklda bo'lganda, himoyaning mutlok yangi texnologiyalarini va usullarini yaratishga to'g'ri keladi. Ma'lumotlarni himoyalovchi usullar hamda xakerlarga qarshi harakat vositalar majmuasini belgilash maqsadida kompyuter xavfsizligi atamasi ishlatila boshlandi. Ma'lumotlarni ishlovchi taksimlangan tizimlarning paydo bo'lishi xavfsizlik masalasiga yangicha yondashishning shakllanishiga olib keldi. Ma'lumki, bunday tizimlarda tarmoqlar va kommunikatsion uskunalar foydalanuvchilarning terminallari bilan markaziy kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar almashishga xizmat qiladi. Shu sababli ma'lumotlar uzatiluvchi tarmoqlarni himoyalash zaruriyati tugildi va shuning bilan birga tarmoq xavfsizligi atamasi paydo buldi. Axborotning muhimlik darajasi kadim zamonlardan ma'lum. Shuning uchun xam kadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar kullanilgan. Ulardan biri - sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs ukiy olmagan. Asrlar davomida bu san'at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabakalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chikmagan. Fakat bir necha un yil oldin xamma narsa tubdan uzgardi, ya'ni axborot o'z qiymatiga ega buldi va keng tarkaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chikaradilar, saklaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni ugirlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tugiladi. Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta'minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yuq qilinishiga yul quymaslik; Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.09 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.09 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga