Axborotlar ustida bajariladigan amallar

Axborotlar ustida bajariladigan amallar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborotlar ustida bajariladigan amallar - rasmi

Material tavsifi

Axborotlar ustida bajariladigan amallar 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 2-mavzu Axborotli jarayonlar Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi. Axborotlarning ma'lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar o'tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, birbiri bilan bog'lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to'ldirdi. Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborot ustida hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo'ldingiz. Axborotga qo'yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko'ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo'lishi lozim: Ma'lum darajada qimmatli bo'lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug'ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o'tishi bilan o'z qimmatini yo'qotishi mumkin. Masalan, «30sentyabr kuni tantana o'tkaziladi» degan axborot 1noyabrda o'z qimmatini yo'qotadi; To'liq bo'lishi. Ya'ni axborot o'rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to'liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto'g'ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib eladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig'ilsin» Ishonchli bo'lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo'ladigan nazorat ishi qoldirildi» Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. Axborotni qayta ishlash va uzatish Axborotlarni qayta ishlash bir axborot obyekti ustida zarur amallarni bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki turini ajratish mumkin: 1) mazmunini o'zgartirish, ya'ni yangi axborot olish maqsadida axborotni qayta ishlash; 2) mazmunini o'zgartirmagan holda axborotni uning ko'rinishini o'zgartirish maqsadida qayta ishlash. Keltirilgan misollar axborotlarni to'plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o'z ichiga olganligini ko'rish mumkin. Bu jarayondagi axborot manbayiga misol sifatida borliqni, qabul qilish vositasiga esa insonni olish mumkin. Axborot manbayi yoki uzatish vositasi Axborotni qabul qilish vositasi Aloqa vositalari Axborot manbayi bo'lib borliqdagi ob-havo harorati bo'lsa, aloqa vositasi sifatida badandagi sezgi retseptorlari va nerv kanallari xizmat qiladi va nihoyat, axborotni qabul qilish vositasini esa inson ongi tashkil etadi. Axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarning bu kabi uzlukli ko'rinishi diskret axborotlar deb ataladi. Diskret axborotlardan eng ko'p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya'ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko'rinishidir. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.06 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.06 MB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga