Axborotlar va ularning xossalari Reja: 1. Axborot xaqida asosiy tushunchalar va ta'riflar. 2. Axborotlar turlari 3. Axborotlarning aynan moslik shakllari 4. Axborot xajmi va o'lchov birliklari 5. Turli belgilar bo'yicha axborotlarning turkumlanishi 1. Xalq xo'jaligini, xususan qishloq xo'jalik ishlab-chiqaripshni boshqarishda axborotning ahamiyati katta bo'lib, axborot inson uchun suv va xavodek zarurdir. Faraz qilib ko'ring, siz yopiq yorug'liksiz butunlay siniq yuzalik fazoga tushib qoldingiz. Bu erda o'zingizni juda noqulay sezasiz. Voqelikni o'rab turgan vaqt, fazo xaqidagi axborotning yo'qligi inson uchun notabiiydir. Inson ko'radi, eshitadi, xidlarni sezadi. Insonning sezgi a'zolari tashqi dunyo xaqida axborot olish uchun xizmat qiladi. Axborot-bu ob'ektivlikning, voqelikning jarayoni, xususiyati va xolati xaqida xabar bo'lib, inson miyasi tomonidan o'zlashtiriladi. Masalan, yosh go'dak biror issiq narsani ko'rsa, dastlab ko'rmasdan o'shlaydi, lekin qo'li kuygandan so'ng, bu narsani umrbod yodida saqlaydi va ikkinchi bor bunday qilmaydi. Insonning butun faoliyati u yoki bu xolda axborotni olish va foydalanish bog'langan. Кitobni o'qiyotganda, rasmni qarab chiqayotganda biz eslab qolamiz va yig'amiz. Har qanday masala echayotganimizda biz axborotni ishlaymiz, ya'ni masala shartida keltirilgan ma'lumotlarni o'rganib, uni echamiz. Axborot termini lotincha informatio so'zidan olingan bo'lib, tushuntirish, bayon qilish, xabar berish ma'nosini anglatadi. Materialistik falsafa nuqtaiy nazaridan axborot mavjud dunyoni xabarlar, bildirishlar yordamida yoritishdir. Xabar-bu axborotlarning so'z, matn, tasvir, sonli ma'lumot, grafik va jadval ko'rinishidagi shaklidir. Кeng ma'noda axborot-bu odamlar o'rtasida xabar almashishni, signallarni tirik va notirik tabiat, odamlar va qurilmalar o'rtasida almashishni o'z ichiga oluvchi umumilmiy tushunchadir. Axborot-atrof muxit xodisalari va ularning o'lchamlari, xossalari va xolatlari xaqidagi xabarlardir. Informatikada axborotlar bilan bir qatorda ma'lumotlar ham ishlatiladi. Axborotlar va ma'lumotlar bir-biridan farq qiladi. Ma'lumotlar - qandaydir sabablarga ko'ra ishlatilmaydigan faqat saqlanadigan belgilar yoki yozilgan kuzatishlar sifatida qaraladi. Nimadir xaqida noaniqliqlarni kamaytirish maqsadida ma'lumotlarni ishlatish zaruriyati paydo bo'lgan xolatda ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun ham ishlatiladigan ma'lumotlarni axborot deb tasdiqlash mumkin. 2. Jamiyat tarraqqiyoti o'zgaruvchan va uzluksiz harakterga ega. Demak, hamma narsa o'zgarib turadi. Bu jarayonlarni bayon etuvchi axborotlar ham uzluksiz va diskret ko'rinishda bo'ladi. Masalan: uzluksiz kattalikni harakterlovchi kattalik inson tanasining temperaturasi, yo'lning ma'lum qismida ma'lum vaqida avtomobilning harakat tezligi. O'zgaruvchi kattalikni harakterlovchi belgilar ketma-ketligi bu axborotlarning diskret shaklidir. Masalan: ishchi ish smenasining dastlabki bir soatida 20 ta, ikkinchi soatiada 25 ta, uchinchi soatida 20 ta detal ishlaydi. Atrofimizni o'rab turgan ma'lumotlarni turli belgilar bo'yicha guruxlash mumkin. Masalan: biologik, geografik, iqtisodiy axborotlar. Axborotlarning muxim turlaridan biri iqtisodiy axborotlardir. Uning farqli xususiyati - kishilar kollektivini, tashkilot va korxonalarni boshqarish jarayonlari bilan bog'liqligidir. Iqtisodiy axborotlar moddiy manfaat va xizmatlarni is'temol ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.43 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.43 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: doc