Reja: Kriptografik uzgartirishlar Axborotlarni kriptografik uzgartirish usullari. Simmetrik va asimmetrik shifrlash Axborotlarni shifrlash jarayoni. Axborotlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish tizimi. Kriptotizimda axborotni shifrlash va uning shifrini ochishda ishlatiladigan kalitlarning bir-biriga munosabatiga ko'ra ular bir kalitli va ikki kalitli tizimlarga farqlanadilar. Odatda barcha kriptotizimlarda shifrlash algoritmi shifr ochish algoritmi bilan aynan yo biroz farqli bo'ladi. Kriptotizimning tabir joiz bulsa kulfning bardoshliligi algoritm malum bo'lgan holda fakat kalitning himoya xossalariga, asosan kalit axborot miqdori (bitlar soni)ning kattaligiga bog'liq deb kabul qilingan. Shifrlash kaliti shifr ochish kaliti bilan aynan yo ulardan biri asosida ikkinchisi oson topilishi mumkin bo'lgan kriptotizimlar simmetrik(sinonimlari: maxfiy kalitli, bir kalitli) kriptotizim deb ataladi. Bunday kriptotizimda kalit aloqaning ikkala tomoni uchun bir xil maxfiy va ikkovlaridan boshqa xech kimga oshkor bulmasligi shart. Bunday tizimning xavfsizligi asosan yagona maxfiy kalitning himoya xossalariga bog'liq. Simmetrik kriptotizimlar uzoq o'tmishga ega bulsada, ular asosida olingan algoritmlar kompterlardagi axborotlarni himoyalash zarurati tufayli bazi davlatlarda standart maqomiga kutarildilar. Masalan, AKShda ma'lumotlarni shifrlash standarti sifatida 56 bitli kalit bilan ishlaydigan DES(Data Encryption Standart) algoritmi 1977 yilda kabul qilingan. Rossiya (sobiq ittifoq)da unga o'xshash standart (GOST 28147-89) sifatida 128 bitli kalit bilan ishlaydigan algoritm 1989 yilda tasdiklangan. Bular dastlabki axborotni 64 bitli bloklarga bo'lib alohida yoki bir-biriga bog'liq holda shifrlashga asoslanganlar. Algoritmlarning matematikaviy asosida axborot bitlarini aralashtirish, o'rniga kuyish, urin almashtirish va modul bo'yicha qo'shish amallari yotadi. Unda kirish va chiqishdagi matnlarning axborot miqdorlari deyarli bir xil bo'ladi. Simmetrik kriptotizimni ishlashini bu kungi davrimizning Kumush va Otabeklari orasida elektron maktublar almashish misolida ko'rib chiqamiz. Pinxona aloqaga nisbatan tajovuzkor shaxsni Xomid deb ataymiz. Faraz kilaylikki, Otabek Kumushga pinxona maktub yullamokchi. Ular orasida aloqa boshlanguncha uzlarining yagona maxfiy kalit nusxalarini bir-birlariga berib, maktubni fakat shifrlangan shaklda yuborishga kelishib kuygan edilar. Otabek Kumushga M maktubini yozib, uni K kaliti bilan shifrlaydi. Natijada M maktubi shifrlangan matn C ga aylanadi. Sungra Otabek shifrlangan maktubni elektron pochta orqali Kumushga junatadi. Kumush shifrlangan maktub C ni kabul qilib olgach uni uzidagi maxfiy kalit bilan uning shifrini ochib Otabek yozgan M maktubiga aylantirib uni ukiydi. aloqa kanali himoyalanmagan bo'lgani uchun bu maktub Xomidning kuliga tushishi xam mumkin. Lekin, Xomidda Kumush va Otabeklarning maxfiy kaliti bo'lmagani uchun u xatning mazmunini bilaolmaydi va xatni uzgartirib kuyaolmaydi. Xomidning kulidan maktubni yuk qilib yuborishgina keladi xolos. Xomid maktub mazmunini bilmay turib Otabek nomidan shifrlanmagan yoki biror kalit bilan shifrlangan maktub junatsa xam, buning kalbaki ekanligi Kumushga darxol oshkor bo'ladi. Chunki, xat shifrlanmay kelsa, bu pinxona xat almashish haqidagi ularning kelishuviga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
164.52 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
164.52 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:14 ]
Arxiv ichida: doc