Axborotlarni saqlash va izlash tamoyillari

Axborotlarni saqlash va izlash tamoyillari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborotlarni saqlash va izlash tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

AXBOROTLARNI SAQLASH VA IZLASH TAMOYILLARI REJA: 1. Ma'lumotlarning axborotli modellari . Faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli 2. Texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari va ularning turlari. 3. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari Axborotlarni saqlash; Axborotlar ustida amalga oshiriladigan asosiy amallardan biri saqlash va jamlash bo'lib, malum bir vaqt oralig'ida unga kirish mumkinligini ta'minlashning bosh vositasi hisoblanadi. Hozirgi kunda berilganlar bazalari, berilganlar omborlari (saqlagichlar) bu amalni tadbiq qilish yo'nalishini aniqlovchilar hisoblanadi. Berilganlar ombori bir necha foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi va saqlanishi mumkin bo'lgan o'zaro bog'langan ma'lumotlar to'plami sifatida qaralishi mumkin. Saqlanayotgan ma'lumotlar foydalanuvchilar dasturlariga bog'liq emas va o'zgartirishlar uchun umumiy boshqaruv usuli qo'llaniladi. Har qanday predmet sohasida obyektlar uchun bajariladigan jarayonlar va funksiyalar, obyektlarning xossalari ma'lumotlar manbai bo'lib xizmat qiladi. Har qanday predmet sohasini uch xil: real, formal va axborot ko'rinishida taqdim etish mumkin. Shunga ko'ra axborotni olish jarayonini uch qavatli filtrdan o'tkazish deb qarash mumkin. Bunda to'g'ri taqdim etish (sintaktik qiymatlilik), ma'noviy qiymatliligi (semantik), iste'molchi qiymatliligi (paragmatik)ni baholash amalga oshiriladi. Axborotni olishda ma'lumotlarni tahlil qilishning turli usul va shakllari muhim o'rin egallaydi: qandaydir voqeaga bog'langan holatlarni qidirish; vaqt boyicha voqealar ketma-ketligini topish; vaqt bo'yicha voqealar ketma-ketligini topish; rivojlanishga vaziyatning muhimlik parametrlarini (ta'sirini) baholash; chegaralarini (kriteriy) qidirish yo'li bilan obyektni (voqea, vaziyat, jarayon) u yoki bu toifaga ajratish mumkin bo'lgan toifalash; obyektlarni qandaydir belgilariga asosan guruhlash; voqea va vaziyatlarni taxmin qilish (prognozlash). Ma'lumotlarning ierarxik va tarmoq modellari Mashina muhitidagi ma'lumotlarning murakkabroq modellari - tarmoqli va ierarxik modellar bo'lib hisoblanadi. Bu modellar ularning o'zlariga xos turdagi ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi. MBBTda ma'lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma'lumotlarning tarmoqli yoki ierarxik modeliga mos holda ko'rsatiladi. Bunday model o'zaro bog'liq obyektlarning majmuidir. Ikki obyektning aloqasi ularning bir-biriga tobeligini aks ettiradi. tarmoqli yoki ierarxik modelida obyekt bo'lib, MBBT kiritilgan ma'lumotlar tuzilmasining asosiy turlari hisoblanadi. Turli MBBTlarda bu turdagi ma'lumotlarning tuzilmasi turlicha aniqlanishi va nomlanishi mumkin. Relyasion modelda o'ziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model mohiyatini ozgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb ataladi. Bundan tashqari u uchun kolonka, ustun va maydon atamalari ham ishlatiladi. Atributlar to'plami kortejni (qator, yozuv, satr) hosil qiladi. Kortejlar to'plami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) hosil qiladi. Relyasion modelda fayllar o'rtasidagi bog'lanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bog'lanishlar ma'lumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari bo'yicha o'rnatiladi. Relyasion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega. Har bir munosabat kalitga, ya'ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar to'plamiga (tarkibiy kalit) ega. Qaralayotgan munosabatda kalit bolmagan atribut yoki atributlar guruhi boshqa munosabatda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 65.46 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 65.46 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga