Axborotlarni yig'ish turistik resurslar va obyektlarni baholash Reja: 1.Turistik geoaxborot tizimining uslubiy ta'minoti 2.Turistik resurslar va baholashning majmuali yondashuvidan foydalanish 3.Mintaqa iqtisodiyotining holati va turizm infratuzilmasi ma'lumotlarini kiritish 4.Samarqand viloyatidagi turistik resurslarni baholashning mezonlar to'plami Turistik geoaxborot tizimining uslubiy ta'minoti Bugungi kunda barcha GISlarda tasvirga ishlov berish bo'yicha dasturiy vositalar bilan jihozlangan mashina grafikasi, texnik vositalar yordamida ma'lumotlarni yig'ish, ularga ishlov berish, saqlash, yangilash, tahlil qilish va o'zgartirish qurollari ishlab turibdi. Ma'lumotlar muolajalari mos bloklarda bajariladigan bo'lib, ularning har biri o'z maqsad va vazifalariga ega (10-rasm.). GISdagi har bir tizim ma'lum vazifani bajaradi, ya'ni: ma'lumotlarni kiritish bloklari - grafikli ma'lumotni raqamli shaklga keltirish va uni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi (11-rasm); saqlash bloki - ma'lumotlar bazasi yordamida axborotni saqlash va yangilashni tashkil etish uchun xizmat qiladi; nashr bloki - monitor ekraniga yoki qattiq nusha olish uchun bosma qurilmasiga tasvirni nashr qilish (chiqarish) uchun xizmat qiladi. Agar biror bir bo'lim etishmasa, unda GIS tizimi to'liq ishlamaydi. 10-rasm. Geografik axborot tizimi bloklari Grafikli tasvirlar bilan ishlovchi kompyuter oddiy ofis va uy kompyuterlaridan quvvatliroq bo'lishi kerak, ya'ni eng avval uning xotirasi keng, tezligi yuqori va qattiq disk hajmi ancha katta bo'lishi kerak. Bunday kompyuterlarda minimal operativ xotira hajmi 128 Gb, 256 Gb va undan katta bo'lishi kerak. Qattiq diskning hajmi 20 Gb atrofida bo'lishi kerak. 5 gb disk bilan ham ishlasa bo'ladi, bunday vaqtda diskni doimo bo'shatib turish kerak bo'ladi. SHu sababli kompyuterda kompakt disklarga yozish moslamasi bo'lishi va unda kartalar fragmentini boshqa kompyuterga ko'chirish imkoniyati yaratilgan bo'lishi zarur. 11-rasm. Ma'lumotlarni kiritish bloki Protsessorga maxsus talablar qo'yilmaydi, lekin tasvirni tahlil qilishda uzoq o'ylamasdan uni etarli darajada tez monitor ekaranida ko'rsatish talab qilinadi. Videoadapter ham zamonaviy bo'lishi kerak, uning yangi ishlanmasi zarur emas, lekin u tanlangan monitorda berilgan rejimda dasturni ishlashini ta'minlashi kerak. Barcha kompyuterlarda monitor asosiy tarmoq bo'lib hisoblanadi, chunki tasvir uning ekranida hosil qilinadi. SHuning uchun grafikli tasvirlar bilan ishlaydigan mutaxassislar monitorni obdan sinchkovlik bilan tanlashi zarur, ayniqsa tasvir bilan ishlashda bu juda muhim (12-rasm). 12-rasm. Monitorning tashqi ko'rinishi Monitorning diagonali 17 dyuymlisini ishlatish maqsadga muvofiq emas, ko'proq 19 - 21 dyuym lisida ishlash ma'qul. Monitor 1024 nuqtali bo'lib 1280 dan kam bo'lmagan tiniqlikni ta'minlashi kerak. Tasvir rangining tiniqlik darajasi 16 bitdan 32 bitgacha bo'lsa, ranglar yaxshi ko'rinadi. Uning yangilanish chastotasi sekundiga 85 gs dan kam bo'lmasligi kerak, aks holda ko'z xizmatining tezda toliqishiga olib keladi. Tayyorgarlik bosqichida eng asosiy vazifa - bu grafikli yoki boshqa axborotlarni raqamli ko'rinishga keltirishdir. Hozirgi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: doc