Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi - rasmi

Material tavsifi

Логотип 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 9-mavzu Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash Belgilar signalning ikkita (magnitlangan yoki magnitlanmagan; tok bor yoki tok yo'q va h.k.) qiymati bilan ifodalanadi. Shartli ravishda bu signalning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, bunday kodlash axborotni ikkita belgi yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Ikkilikda kodlash orqali barcha axborot ikkita belgidan iborat, ya'ni quvvati 2 ga teng bo'lgan alifbo tilida xabar ko'rinishida yoziladi. Odatda, kompyuterda tekis kodlash usuli qo'llanadi, ya'ni axborotning belgilari 0 va 1 raqamlarining bir xil miqdordagi ketma-ketligi ko'rinishida ifodalanadi. Kodning uzunligi kodlash uchun zarur bo'lgan variantlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ikkilik kodlari asosida jahon andazalaridagi quyidagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali qabul qilingan. ASCII KODLASH JADVALI Axborotdagi belgilar ikkilik raqamlari asosida kodlangani sababli kodning bitta razryadi (xonasi) uchun bit atamasi qo'llaniladi. Bu atama «ikkilik raqamlari» iborasining ingliz tilidagi «binary digit» ifodasidagi harflar asosida hosil qilingan. Kg bit Kg bayt Alifboli yondashuvda axborot hajmini o'lchash uchun axborotda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 256 ta belgili (quvvati 256 ta belgidan iborat bo'lgan alifbo) ASCII kodlash usuliga asoslanib, 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi. Axborotning bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan, ya'ni 1 bayt = 8 bit. Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot mavjud, chunki unda 8 ta bit, 101101010010011 da esa 2 bayt axborot mavjud, chunki unda 16 ta bit qatnashmoqda. Umuman olganda, axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli, axborot hajmining eng kichik o'lchov birligi esa bayt deb hisoblanadi. Ma'lumki, axborot ustida uzatish amali bajarilishi mumkin. Axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan hajmi axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborotni kompyuter yordamida uzatishda sarflanadigan vaqt axborot hajmiga bog'liq bo'ladi. Grafik axborotni ikkita belgi yordamida kodlash Paint dasturida rasm chizib, so'ng uni kattalashtirganingizda rasm kvadratlardan tashkil topganini ko'rgansiz (quyida chapdagi rasm). Bunga kompyuter ekranidagi tasvirlar rastr deb ataluvchi chiziqlar yordamida bo'lingan piksel (ingl. pixel - picture element - rasm elementi) deb ataluvchi juda mayda kvadratlardan iborat satrlardan tashkil etilishi sababchidir Kompyu terda ixtiyoriy rangni ifodalash uchun qizil, yashil va ko'k ranglardan foydalaniladi va rang hosil qilish qurilmasi RGB (Red, Green, Blue) modeli deb nomlanadi. Savol va topshiriqlar 1. Nima uchun axborot ikkilikda kodlanadi? 2. Sakkiz bit orqali nechta belgini kodlash mumkin? 3. ASCII jadvali haqida ma'lumot bering. 4. ASCII jadvalidan foydalanib, «7sinf» jumlasini kodlang. 5. Axborotning qanday o'lchov birliklari bor? 6. Axborot ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.85 MB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga