Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borish tendensiyalari

Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borish tendensiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borish tendensiyalari - rasmi

Material tavsifi

Axborotlashgan jamiyatning shakllanib borish tendensiyalari Reja: Axborotlashtirish jarayonlari Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli Axborotlashtirishning jahon tajribalari Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida Axborotlashtirish jarayonlari Axborotlashtirish jarayonlari jamiyatni industirialdan axborotlashganga o'tishini ta'minlab beradi. Axborot bozori iste'molchilarga barcha kerak bo'lgan axborot mahsulot va xizmatlarini taqdim etib, ularni ishlab chiqishni esa informatika industriyasi ta'minlaydi. Lekin, hozirgi kungacha axborotlashgan jamiyat tushunchasining to'liq ta'rifi mavjud emas. Jamiyat taraqqiyotining tarixida bir necha axborot inqilobi bo'lib o'tdi. Birinchi inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog'liq bo'lib, miqdor va sifat jihatdan ilgarilab ketishga olib keldi. Avloddan avlodga bilimlarni uzatish imkoniyati paydo bo'ldi. Ikkinchi inqilob (XVI asrning o'rtalari) kitobni chop etish bilan bog'liq bo'lib, u tubdan industrial jamiyatni, madaniyat va faoliyatni tashkil etishni o'zgartirib yubordi. Uchinchi inqilob (XIX asrning oxirlari) elektr tokining kashf etilishi bilan bog'liq bo'lib, telegraf, telefon va radioning vujudga kelishiga olib kelib, turli hajmdagi axborotlarni tezkor yig'ish va uzatish imkonini yaratdi. To'rtinchi inqilob (XX asrning 70 yillari) mikroprotsessor texnologiyalari va shaxsiy komp'yuterlarning yaratilishi bilan bog'liqdir. Mikroprotsessor va integral chizmalar asosida komp'yuterlar, komp'yuter tarmoqlari va ma'lumotlarni uzatish tizimlari yaratilgan. Oxirgi axborot inqilobi texnik vositalarni ishlab chiqish, yangi bilimlarni yaratishning texnologiya va usullari bilan bog'liq bo'lgan axborot industriyasini oldingi qatorga surmoqda. Yaponiyalik olimlarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayonlari insonlarga axborotlarning ishonchli manbalariga kirish imkoniyatini yaratib, ularni mehnattalab ishdan ozod qiladi va ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlashning yuqori darajada tashkil qiladi. Jamiyatning taraqqiy etib borishining asosiy kuchi bo'lib, material ko'rinishdagi mahsulotni emas balki axborot mahsulotlarini yaratish hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi va qadriyatlar tizimi ham o'zgaradi. Tovarlar ishlab chiqarish va iste'mol qilishga yo'naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan axborotlashgan jamiyatda esa intellekt, bilimlarni ishlab chiqish va iste'mol qilishga yo'naltirilgan bo'lib, aqliy mehnat ulushining oshib borishiga olib keladi. Bunday jamiyatda bilimga bo'lgan talab kundan-kunga ortib boradi. Axborotlashgan jamiyat - bu ishlayotganlarning ko'pchiligi axborotlarni va uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish bilan band bo'lgan jamiyatdir. XX asrning oxirlariga kelib, rivojlangan davlatlarda fan va texnikaning rivojlanib borishi bilan axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishi bo'yicha nazariyotchilarning aytgan fikrlari amalda namoyon bo'lmoqda. Barcha dunyo borlig'ining bir yagona komp'yuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan elektron xonadon va kottejlardagi insonlar hamjamiyatiga aylanib borishi bashorat qilinmoqda. Hohlagan yashash joyi turli xildagi elektron asboblar va komp'yuterlashtirilgan vositalar bilan jihozlangandir. Olimlar axborotlashgan jamiyatning o'ziga xos quyidagi xususiyatlarini keltirishadi: axborot inqirozligi muammosi hal bo'ladi, ya'ni axborot tanqisligi bilan axborotning ko'pligi o'rtasidagi qarama-qarshilikka bartaraf beriladi; boshqa resurlarga nisbatan axborotning prioritetligi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 98.58 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 98.58 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga