Axborotli texnologiyani yaratish tamoyillari Reja: 1. Axborotli texnologiyani yaratish tamoillari. 2. Axborotli texnologiyaning tuzilishi va turkumlanishi. 3. Axborotli texnologiya tizim sifatida. 1. Axborotli texnologiyaning yaratish tamoyillari. Axborotli texnologiya tizim sifatida boshqarish subyektida shakllanadi. Shu sababli ham axborot texnologiyasi oshqarish subyektining ustqurmasi hisoblanadi.Axborot texnologiyaning shakllanishi uchun quyidagi ta'minotlar bo'lishi shart: 1.Mutaxassislar; 2.Texnik vositalari; 3.Axborotlar. Shuning uchun ham axborotli texnologiya boshqarish funksiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig'ish, jamlash,uzatish,saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi «inson-mashina»deb yuritiladi.Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan -axborotli texnologiyani yaratish tamoyillarini umumiy holda to'rt qismga ajratish mumkin: Iqtisodiy - tashkiliy tamoyillar. Texnikaviy tamoyillar. Iqtisodiy tamoyillar. Ijtimoiy tamoyillar. Yuqorida keltirilgan qismlar ichida iqtisodiy - tashkiliy tamoyillar asosiy o'rinni egallaydi va bu qism tarkibiga quyidagi tamoyillarni kiritish mumkin: 1. Tizimli yondashish. 2. Uzluksiz rivojlanish. 3. Yagona rahbarlik. 4. Yangi masalarni yechish. 5. O'zaro aloqadorlik. 6. Ma'lumotlardan ko'p marta foydalanish. 1. Tizimli yondashish tamoyillariga ko'ra, axborotli texnologiya tashkil qilinayotgan boshqarish subyektning faoliyati to'liq o'rganiladi, bunda subyektda aylanuvchi hujjatlar iqtisodiy masalalarni yechish usullari va muddatlari o'rganiladi hamda ularni avtomatlashtirish to'g'risidagi tegishli xulosalar qabul qilinadi. 2. Uzluksiz rivojlanish tamoyiliga muvofiq yaratilgan axborot texnologiyasi doimo harakatda, rivojlanishda bo'lishi lozim.Uning rivojdlanishi Fan-texnika taraqqiyotiga Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy qilishga bog'liq bo'ladi. 3. Yagona rahbarlik tamoyiliga ko'ra axborotli texnologiyani yaratish vazifalari xodimlar guruhi o'rtasida taqsimlanadi , hamda bu ishlarning bajarilishi tegishli rahbarlar tomonidan nazorat qilinadi. Bunda subyektning rahbari axborotli texnologiyani yaratish vazifalarini hamda guruhlarini boshqaradi. 4. Yangi masalalarni yechish tamoyiliga muvofiq axborotli texnologiya oddiy hisob-kitob masalalarini yechish bilan chegaralanib qolmay, balki istiqbolni belgilash hamda optimallashtirish masalalarini echilish lozim. Bunday masalalarini yechishda iqtisodiy matematik usul va modellardan foydalaniladi. 5. O'zaro aloqadorlik tamoyiliga ko'ra, bir sohada tashkil qilingan axborot texnologiyasi boshqa tarmoqdagi tizimlar bilan doimo aloqada bo'ladi. Bunda foydalanilayotgan ma'lumotlar ma'lum darajada umumiy bo'lib, boshqa tizimlarda ham qo'llaniladi. 6. Ma'lumotlarni bir marta kiritib, ko'p marta foydalanish tamoyiliga muvofiq doimiy bo'lgan axborotlar EHM xotirasiga bir marta joylashtiriladi. Bunday usulda axborotlarni qayta ishlash tezligi ortadi va tegishli qarorlarni yaratish muddatlari kamayadi. Bundan tashqari yaratilgan axborot texnologiyasi eng oz xarajat bilan eng ko'p natija berish kerak. Bu narsa axborot texnologiyasining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tamoyilida ifodalanadi. 2 Axborotli texnologiyaning tuzilishi va turkumlanishi. Xalq xo'jaligi tarmoqlarining asosiy vazifasi - davr talabiga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishni tashkil etish va ana shu vazifaning bajarilishini ta'minlash boshqarish zimmasiga yuklatilgan. Bu esa o'z navbatida mohiyatiga ko'ra axborot jarayonidir. Axborot - boshqaruvning negizi hisoblanadi. Mazkur vaqtdagi boshqarish tizimining holati axborot bilan belgilanadi. Boshqaruv axborot jarayoni ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:06:15
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:06 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.4 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:15 ]
Arxiv ichida: doc